Мактабгача таълим муассасаларининг тарбия жараёнида мультмедия технологияларидан фойдаланиш



Yüklə 93,84 Kb.
səhifə14/20
tarix02.01.2022
ölçüsü93,84 Kb.
#40274
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Zamonaviy texnologiyalar asosisda ta’limni tashkil qilish

Ta’lim metodlari. Kompyuterli ta’limda ham pedagogikaning namoyish etish va amaliy usullaridan foydalangan holda, MTT bolalariga yangi materiallarni o’rgatish jarayonida bevosita dialog metodidan foydalaniladi.

Yangi materialni o’rgatishga qaratilgan kompyuter ishtirokidagi bevosita dialog metodi - maxsus dasturlar asosida tayyorlanib, kompyuter xotirasiga kiritilgan materiallar va didaktik vositalar orqali amalga oshirilgan mashgulotlarga tatbiq etiladi.

Yangi bilim berishda bevosita dialog metodidan foydalanishni maktabga tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlari (6-7), ularning fikrlash darajalari va boshqa xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Bevosita dialog metodidan foydalanilgan holda kompyuter didaktik vositalar manbai rolini o’ynaydi.

Bolalar tomonidan material mustaqil o’rganilgan (yoki mustaqil takrorlangan)da, mashqlar mustaqil bajarilganda, kompyuter o’yinlari amalga oshirilganda kompyuter ishtirokidagi bilvosita dialog (virtual axborot muhitida kompyuter bilan dialog) metodidan foydalaniladi.

Virtual axborot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog metodining algortmi:

  1. Bola dasturda ko’rsatilgan tugmachalardan topshiriqqa mosini tanlaydi.

  2. Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga - topshiriq, savol, mashqni bajarish yoki o’yinni bajarishni buyuradi.

  3. Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.

  4. Kompyuter topshiriq bajarilishining to’g’ri yoki noto’g’riligini bildiradi.

  5. Noto’g’ri bo’lsa, takroriy bajartiradi.

  6. Kompyuter bolaning bilimini baholaydi.

Kompyuterda ishlovchi bola mashqlarni va kompyuter qo’ygan vazifalarni, o’yinlarni takror-takror bajarib, maqsadiga erisha oladi, chunki kompyuter - "bag’ri keng" va "tog’atli, sabrlidir". Bola xato qilgan taqdirda ham xatoni o’zi tuzatgunga qadar hyech kim unga tanbeh bermaydi. Ammo bolalar kompyuterda mustaqil ishlagan hollarda ham ularning harakatlari doimo tarbiyachi nazoratida bo’ladi.


Yüklə 93,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin