Maktabgacha ta’lim natijadorligini oshirishda STEAM
texnologiyasini qo’llashning ahamiyati
Zarina Muxiddinovna Ashurova
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
Annotatsiya:
maqolada maktabgacha ta’lim natijadorligini oshirishda steam
ta’lim texnologiyasining ahamiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari, afzallik va
imkoniyatlari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
ta’lim sifati, ta’lim mazmuni, STEAM ta’lim texnologiyasi,
qobiliyat, kompetensiya, kompetentlik, hayotiy ko‘nikmalar.
The importance of using STEAM technology in improving the
effectiveness of preschool education
Zarina Mukhiddinovna Ashurova
Pedagogical Institute of Bukhara State University
Abstract:
the article talks about the importance of steam educational technology
in improving the effectiveness of preschool education, its specific features, advantages
and opportunities.
Keywords:
quality of education, educational content, STEAM educational
technology, ability, competence, competence, life skills.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, bu
soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga
tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ushbu tizimda amalga
oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi
Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish,
maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni
maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon
amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini
joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va
malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar
qo‘yildi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
164
Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit
yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan
samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2022-yilning birinchi yarmida amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi.
Maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul
kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta’lim
pedagoglariga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’noda sohani
dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan
har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib
chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini
joriy etishni talab qiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini
va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy,
shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga
oshirilishi lozim. Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining
milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona
munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi
va uning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi
mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va
badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq
o‘tkazish;
- maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi o‘quv-metodik
materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini keng joriy etish;
- tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va
sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;
- rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar ta’limining
kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inkluziv ta’lim, eng yangi reabilitatsiya va
abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy
maktabgacha ta’lim umumiy tizimi integratsiyalashuviga ko‘maklashadigan
moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
- maktabgacha ta’limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion
texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang‘ich
ta’lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish;
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
165
- mashg‘ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini
aniqlash maqsadida o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini optimallashtirish;
- bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, gimnastika va faol
o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlari va sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom o‘sib
kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda
ta’lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM o‘qitish asoslarini joriy etish;
- bolaning kelgusida o‘zini o‘zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos
sifatida ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalar uchun ta’lim
xizmatlari turlari: pullik ta’lim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni
kengaytirish.
STEAM - hozirgi kunda dunyo ta’lim tizimining eng asosiy urf bo‘lgan
innovatsion metodlaridan biri hisoblanib, ushbu metod yordamida fanlar alohida
tarmoqlarda emas, balki integratsiyalashgan holda, umumiy bog‘liqligini ko‘rsatib
o‘rgatiladi. Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining vazifasi - talabalarga
STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish usullarini o‘rgatish, STEAM ta’lim
texnologiyasini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashda turli xil faoliyatlarni
integratsiyalash, maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk tadqiqotchilik faoliyatiga
tayyorlash vazifalarini bajaradi. STEAM bolalarda muammolarni tushunish, ijodiy va
tanqidiy ffikrlash kabi xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Bu esa, kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi.
Bugungi kunda STEAM - ta’lim dunyodagi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida
rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv
sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni
tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik
fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini
rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z
navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. STEAM
texnologiyasida bolalar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda
qo‘llashadi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu
bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi
bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktab
o‘quvchilariga nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va
amalga oshirish imkoniyatini beradi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi
bilimlarni o’rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb
aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan
birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktabgacha yoshdagi bolalarga nafaqat ba’zi bir
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
166
g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini
beradi.
Globallashuv davridagi texnologik o‘zgarishlarni ortidan qolib ketmaslik
maqsadida, yangi texnologiyalar, bazalar shakllanishi, sun’iy aql kabi trend
texnologiyalarni bilish, ularga muvofiq ta’lim berish hozirgi zamon pedagoglarning,
pedagogik texnologiyal arning asosiy vazifalaridan biri hisoblanmoqda [1-35]. STEM
bizning kundalik hayotimizdagi innovatsiyalarni ta’lim tizimiga kiritib beradi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, STEM ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, qunt,
qiziquvchalik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat - muammoni hal qilish
(problem-solving skills) qobiliyati shakllanadi. O‘zbekiston Respupblikasida STEM
ta’lim tizimini davlat ta’lim tizimiga kiritish bo‘yicha o‘tgan 2 yil mobaynida ishlar
amalga oshirilmoqda. Lekin xususiy maktablarda buning imkoni osonroq bo‘lsa,
umumiy ta’lim tizimiga STEM ta’lim tizimini kiritishda bir qator muammolar borligi
ta’kidlanmoqda. 2019-yilning dekabr oyida Xalq ta’limi vazirligi Xitoyda bo‘lib
o‘tgan Shanghai International STEM Education Expo (STEAMEX) ko‘rgazmasida
ishtirok etdi. O‘zbekistonda STEM ta’lim tizimini umumiy xalq ta’limiga tadbiq etish
borasida AQSH mutaxassisi jalb qilindi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yurtizmida tashkil etilgan
prezident maktablarida STEM ta’lim tizimi orqali ta’lim beriladi. Zamonaviy
tadqiqotlar STEM tizimi maktab ta’lim tizimiga oid bo‘lgani bilan, uni eng kichik
yoshdan, maktabgacha davrdan boshlab tadbiq etish muhim ekanligini ta’kidlamoqda.
Bolaning eng kichik yoshidan boshlab STEM tizimiga olib kirishning ahamiyati,
muvaffaqiyat ildizidir. Aslida STEM fikrlash bolalikdan boshlanadi. Bola yurishni
bilmagan paytida ham jarayonlarning bog‘liqligi, ketma-ketligi va ehtimollikni
tushuna oladi. Ushbu xususiyatlar har tomonlama rag‘batlantirilishi lozim.
Maktabgacha ta’lim tizimida STEM tizimi bo‘yicha faoliyat kundalik ish rejasi asosida
olib borilishi mumkin. STEM ta’lim tamoyillarga asoslanadigan faoliyatlarni ishlab
chiqish va amalga tadbiq etish muhim hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |