Maktabgacha ta’lim natijadorligini oshirishda steam texnologiyasini qo’llashning ahamiyati



Yüklə 62,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü62,76 Kb.
#194180
  1   2   3
4065-Article Text-7948-1-10-20220723



Maktabgacha ta’lim natijadorligini oshirishda STEAM 
texnologiyasini qo’llashning ahamiyati 
Zarina Muxiddinovna Ashurova 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
 
Annotatsiya:
maqolada maktabgacha ta’lim natijadorligini oshirishda steam 
ta’lim texnologiyasining ahamiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari, afzallik va 
imkoniyatlari haqida so‘z boradi.
 
Kalit so‘zlar:
ta’lim sifati, ta’lim mazmuni, STEAM ta’lim texnologiyasi, 
qobiliyat, kompetensiya, kompetentlik, hayotiy ko‘nikmalar. 
The importance of using STEAM technology in improving the 
effectiveness of preschool education 
Zarina Mukhiddinovna Ashurova 
Pedagogical Institute of Bukhara State University 
Abstract:
the article talks about the importance of steam educational technology 
in improving the effectiveness of preschool education, its specific features, advantages 
and opportunities. 
Keywords:
quality of education, educational content, STEAM educational 
technology, ability, competence, competence, life skills. 
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, bu 
soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga 
tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ushbu tizimda amalga 
oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi 
Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama 
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, 
maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni 
maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon 
amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini 
joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va 
malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar 
qo‘yildi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
164


Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit 
yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan 
samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2022-yilning birinchi yarmida amalga 
oshirilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi.
Maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul 
kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta’lim 
pedagoglariga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’noda sohani 
dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan 
har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib 
chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini 
joriy etishni talab qiladi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini 
va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, 
shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga 
oshirilishi lozim. Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining 
milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona 
munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi: 
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi 
va uning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi 
mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish; 
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va 
badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq 
o‘tkazish; 
- maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi o‘quv-metodik 
materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 
- “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini keng joriy etish; 
- tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va 
sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish; 
- rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar ta’limining 
kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inkluziv ta’lim, eng yangi reabilitatsiya va 
abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy 
maktabgacha ta’lim umumiy tizimi integratsiyalashuviga ko‘maklashadigan 
moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish; 
- maktabgacha ta’limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion 
texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang‘ich 
ta’lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish; 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
165


- mashg‘ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini 
aniqlash maqsadida o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini optimallashtirish; 
- bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, gimnastika va faol 
o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya 
mashg‘ulotlari va sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom o‘sib 
kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash; 
- maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda 
ta’lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM o‘qitish asoslarini joriy etish; 
- bolaning kelgusida o‘zini o‘zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos 
sifatida ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish; 
- maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalar uchun ta’lim 
xizmatlari turlari: pullik ta’lim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni 
kengaytirish. 
STEAM - hozirgi kunda dunyo ta’lim tizimining eng asosiy urf bo‘lgan 
innovatsion metodlaridan biri hisoblanib, ushbu metod yordamida fanlar alohida 
tarmoqlarda emas, balki integratsiyalashgan holda, umumiy bog‘liqligini ko‘rsatib 
o‘rgatiladi. Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining vazifasi - talabalarga 
STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish usullarini o‘rgatish, STEAM ta’lim 
texnologiyasini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashda turli xil faoliyatlarni
integratsiyalash, maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk tadqiqotchilik faoliyatiga 
tayyorlash vazifalarini bajaradi. STEAM bolalarda muammolarni tushunish, ijodiy va 
tanqidiy ffikrlash kabi xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. 
Bu esa, kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. 
Bugungi kunda STEAM - ta’lim dunyodagi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida 
rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv 
sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni 
tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik 
fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini 
rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z 
navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. STEAM 
texnologiyasida bolalar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda 
qo‘llashadi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu 
bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi 
bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktab 
o‘quvchilariga nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va 
amalga oshirish imkoniyatini beradi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi 
bilimlarni o’rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb 
aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan 
birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktabgacha yoshdagi bolalarga nafaqat ba’zi bir 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
166


g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini 
beradi. 
Globallashuv davridagi texnologik o‘zgarishlarni ortidan qolib ketmaslik 
maqsadida, yangi texnologiyalar, bazalar shakllanishi, sun’iy aql kabi trend 
texnologiyalarni bilish, ularga muvofiq ta’lim berish hozirgi zamon pedagoglarning, 
pedagogik texnologiyal arning asosiy vazifalaridan biri hisoblanmoqda [1-35]. STEM 
bizning kundalik hayotimizdagi innovatsiyalarni ta’lim tizimiga kiritib beradi. 
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, STEM ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, qunt, 
qiziquvchalik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat - muammoni hal qilish 
(problem-solving skills) qobiliyati shakllanadi. O‘zbekiston Respupblikasida STEM 
ta’lim tizimini davlat ta’lim tizimiga kiritish bo‘yicha o‘tgan 2 yil mobaynida ishlar 
amalga oshirilmoqda. Lekin xususiy maktablarda buning imkoni osonroq bo‘lsa, 
umumiy ta’lim tizimiga STEM ta’lim tizimini kiritishda bir qator muammolar borligi 
ta’kidlanmoqda. 2019-yilning dekabr oyida Xalq ta’limi vazirligi Xitoyda bo‘lib 
o‘tgan Shanghai International STEM Education Expo (STEAMEX) ko‘rgazmasida 
ishtirok etdi. O‘zbekistonda STEM ta’lim tizimini umumiy xalq ta’limiga tadbiq etish 
borasida AQSH mutaxassisi jalb qilindi. 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yurtizmida tashkil etilgan 
prezident maktablarida STEM ta’lim tizimi orqali ta’lim beriladi. Zamonaviy 
tadqiqotlar STEM tizimi maktab ta’lim tizimiga oid bo‘lgani bilan, uni eng kichik 
yoshdan, maktabgacha davrdan boshlab tadbiq etish muhim ekanligini ta’kidlamoqda. 
Bolaning eng kichik yoshidan boshlab STEM tizimiga olib kirishning ahamiyati, 
muvaffaqiyat ildizidir. Aslida STEM fikrlash bolalikdan boshlanadi. Bola yurishni 
bilmagan paytida ham jarayonlarning bog‘liqligi, ketma-ketligi va ehtimollikni 
tushuna oladi. Ushbu xususiyatlar har tomonlama rag‘batlantirilishi lozim. 
Maktabgacha ta’lim tizimida STEM tizimi bo‘yicha faoliyat kundalik ish rejasi asosida 
olib borilishi mumkin. STEM ta’lim tamoyillarga asoslanadigan faoliyatlarni ishlab 
chiqish va amalga tadbiq etish muhim hisoblanadi. 

Yüklə 62,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin