shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
5
Amaliy aqliy tarbiya
Tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor
qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish asosida ularda
axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari va axloqiy madaniyatni
shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy
tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
6
Sensor tarbiya
"Sensor" so‘zi lotincha "sensus"-tuyg‘u, sezgi, idrok, qobiliyati
ma'nolarini anglatadi. Inson ko‘rish, sezish va hokazolar yordamida
tevarak-atrofdagi narsa va xodisalar to‘g‘risidabilimga ega bo‘ladi,
shular asosidagina unda xotira, tafakkur, hayol kabi jarayonlar sodir
bo’ladi. Sensor tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan
holda rivojlantirishdir.
7
Axloq
kishilarning bir-biriga, oilaga, Vatanga, jamiyatga munosabatlarida namoyon bo’ladigan xatti-harakatlar yig`indisidir. Axloq har bir kishining xulqini, ichki dunyosini ko’rsatadi. Axloqqa milliy urf-odatlar, an’analar ta’sir qiladi. Ba’zi millat kishilari o’rtasidagi munosabatlarda oddiy hol deb qaraladigan xatti-harakatlar boshqa millatlar axloq qoidalarida rad etilishi mumkin. Axloqning yuksak darajada bo’lishi jamiyatning rivojiga bevosita ta’sir qiladi yoki aksincha. Axloq- axloq normalari bilan tartibga solinadi, ular huquqiy normalardan farq qilib, majburiy harakterga ega emas.
8
Qo’l mehnati
Ta’lim tashkilotlarida to’garaklarda tarbiyalanuvchilar bilim va malakalarga ega bo’ladilar. Bu borada mehnatning boshqa turlari singari qo‘l mehnati turidan ham foydalanish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘l mehnati faoliyatining muhim natijasi o‘rganilayotgan obyekt va hodisalarning yangi belgi va xususiyatlarini yanada mustaqil aniqlashga da’vat etib, ularda chuqur bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qildiradi.
9
Estetik tarbiya
Tarbiyalanuvchi tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go’zalligini idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
10
Iqtisodiy tarbiya
Tariyalanuvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari yoriting Estetik tarbiyaning asosiy vositalari