Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni



Yüklə 46 Kb.
tarix04.10.2022
ölçüsü46 Kb.
#64497
Turopova Ra\'no Barat qizi


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING
IJODKORLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Turopova Ra’no Barat qizi
Termiz davlat pedagogika instituti o’qituvchi
Toshpolatov Faxriddin Uralovich
Termiz davlat pedagogika instituti o’qituvchi

Bugungi kunda har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘zgaruvchanlik prinsipiga muvofiq o‘zining munosib g‘oyalari va pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishi lozim. An’anaviy ta’lim o‘rniga ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarga qiziqish va faol ijodiy qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan interfaol ta’lim amalga oshiriladi.


Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishda loyiha usulidan foydalanish ahamiyatlidir. O‘quv-tarbiya jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, tarbiyalanuvchilarda bilimlarini rivojlantiradi, hamkorlik qobiliyatlarini shakllantiradi.
“Loyiha” - so‘zi lotincha “oldinga qadam”, “olg‘a yuruvchi”, “maqsadlar sari” ma’nolarini anglatadi.
Pedagog olimlar (M.Mirsolieva, N.Muslimov, R.Ishmuxamedov, J.Yo‘ldoshev va boshqalar) loyiha faoliyatini maktabgacha ta’limda tajriba almashinish ya’ni integratsiya; maqsadning amaliy faoliyatiga samarali natijalariga erishishda tarbiyachi va bolaning haraktlarini rivojlantirishning bosqichlari ma’nosida qaraydilar. Hozirgi kunda ushbu tushunchaga muammo sifatida qaralmoqda. Loyiha uslubi bolalarlarning mustaqil harakatlari natijasida ushbu natijalarni majburiy taqdim etilishi natijasida muayyan muammolarni hal qilish imkonini beradigan ta’lim va kognitiv metodlar majmuasi sifatida tushuniladi.
Loyihalangan metodlar mohiyati - bolalarni qiziqishini belgilangan muammoli mavzularga qaratishda, ularni bilim doiralarini qadr-qimmatini aniqlashdan iboratdir. Shunday qilib, loyiha faoliyati intellektual va ijodiy faoliyatning o‘ziga xos turidir; amaliy yoki nazariy bilimlarning muayyan sohasini, bir yoki bir nechta faoliyatni o‘zlashtiradigan operatsiyalar; muammolarni (texnologiyani) batafsil ishlab chiqish vositasida didaktik maqsadga erishish usuli, bu bir yoki boshqa tarzda yaratilgan juda aniq, amaliy natijaga olib keladi.
Maktabgacha ta’limda loyiha usuli integratsiya variantlaridan biri hisoblanadi (yagona loyiha asosida integratsiya).
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda loyiha usulidan foydalanish, uni kelgusida ta’limning keyingi bosqichlariga tayyorlashni amalga oshirish uchun tayyorgarlik bosqichidir.
Maktabgacha ta’lim tizimida loyiha faoliyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u atrof muhitdagi qarama-qarshiliklarni mustaqil ravishda topa olmaydi, muammoni shakllantiradi, maqsadni aniqlaydi.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogik jarayonida loyiha faoliyati maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ota-onalar ishtirok etadigan hamkorlikning mohiyatini anglatadi.
Ota-onalar farzandlari uchun nafaqat axborot manbalari, balki amaliy yordam ko‘rsatish, bolani qo‘llab-quvvatlash hamda tarbiyachining mashg‘uloti jarayonida loyiha natijalariga erishishda bevosita ishtirokchi bo‘lib, o‘zlariga pedagogik tajribalarni orttiradilar, ishtirok etish tuyg‘ularini hamda o‘zlarida muvaffaqiyatga erishishning qondirilganligini farzandlarini muvaffaqiyatlarini ko‘radilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida dizayn uslubining asosiy maqsadi rivojlanish vazifalari va bolalarning ilmiy tadqiqotlar vazifalari bilan belgilanadigan erkin ijodiy shaxsni rivojlantirishdir. Tadqiqot vazifalari har bir yoshga xosdir. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda tarbiyachi maslahat va savollar berishi mumkin. Maktab yoshidagi katta guruhdagi bolalar ko‘proq mustaqillikka erishishlari kerak.
Mavzuni tanlash - bu tarbiyachining loyiha ishida birinchi qadamidir. Ikkinchidan, haftaning tanlangan muammosini mavzu bo‘yicha rejalashtiradi, u bolalar faoliyatining barcha turlarini hisobga oladi: o‘yinli, amaliy bilim, badiiy-nutqiy, mehnat, muloqot. Loyiha mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar, o‘yinlar, sayrlar, kuzatish va boshqa tadbirlar mashg‘ulotlari mazmunini ishlab chiqish bosqichida tarbiyachilar bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari tevarak-atrofida tashkil etishga alohida e’tibor beradilar. Atrof-muhitni kuzatishda “evristik”, qidiruv faoliyati, maktabgacha yoshdagi bola qiziqishini ortishiga xizmat qiladi.
Loyihani amalga oshirish uchun asosiy shartlar (rejalashtirish, atrof-muhit) tayyorlangach, tarbiyachi va bolalarning birgalikdagi ishi boshlanadi.
Loyihani ishlab chiqish 1-bosqichi maqsadga erishish: tarbiyachi muammoni bolalar uchun muhokamaga keltiradi. Umumiy muhokamalar natijasida tarbiyachi bolalarni izlanishlari jarayonida tasdiqlashni taklif qilgan gipotezalar taqdim etiladi. 2-bosqich loyihada ishlash maqsadga erishish uchun birgalikdagi harakat rejasini ishlab chiqishdir (va gipoteza - bu loyihaning maqsadi). Birinchidan, bolalar umumiy muayyan mavzularga ega bo‘lib, ular ma’lum bir mavzu yoki hodisa to‘g‘risida bilishlarini bilishadi.
Tarbiyachi javoblarni belgilashda katta vatmanda ajratib boradi, shu asosda har bir guruhlarni ko‘rishi mumkin. Javoblarni to‘g‘irlash uchun, bolalarga tanish va mavjud bo‘lgan shartli tuzilgan ramziy ma’nodagi belgilarni ishlatadi.
So‘ngra tarbiyachi ikkinchi savolni beradi: “Biz nimani bilishni istaymiz?” Javoblar qayd qilinadi, boshqalaridan farqli ravishda, bolalar soddalik bilan mantiqsiz javoblarni beradilar. Bolalarning noto‘liq, turli xil javoblarini tarbiyachi sabrlik bilan ularni tinglashi va kerak bo‘lsa ular berayotgan javoblarini qo‘llab-quvvatlashi muhim hisoblanadi. Qachonki bolalar barcha savollarga javob berganlaridagina: “Qanday qilib savollarga to‘g‘ri javob topa olishimiz mumkin?” deya to‘g‘ri javobni aytadi, bolalar esa o‘zlarining tadqiqotchilikda orttirilgan bilimlariga tayanadilar. Ushbu loyiha metodida bolarning yosh xususiyatlarini inobatga olish zarur hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tarbiyachi maslahat beradigan savollar berishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi katta guruh bolalar uchun ko‘proq mustaqil bo‘lishiga oid muhit yaratish zarur.
Ushbu muammoli vaziyatlarni hal etish va natijaga samarali erishishda qator vazifalarni belgilash muhim xisoblanadi. Masalan, badiiy mazmunga ega kitoblarni o‘qish, ensiklopediya, ota-onaga murojaat, burch, tarbiyachilar bilan muloqot o‘rnatish qobiliyati, o‘tkazilgan tadqiqotlar, mavzu doirasidagi ekskursiyalar. Tavsiya etilgan bunday ko‘rinishdagi takliflar tarbiyachining istiqbolli rejalarini amalga oshirishda o‘z ahamiyatini topadi. Ushbu malakalar tarbiyachining kasbiy mahorat darajasini ko‘rsatib beradi va uni stereotiplardan qochish imkoni tajribasini yaratib, maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining bir davri deb hisoblash va keyinchalik kelajakka tayyorgarlik bosqichi sifatida foydalanish.
Hamkorlikdagi harakat rejasi tuzilgandan so‘ng, loyiha ishi metodining 3 bosqichida - amaliy qismida bolalar o‘rganadilar, tajriba qiladilar, izlaydilar, yaratadilar.
Bolalarning fikrlashlarini faollashtirish uchun tarbiyachi muammoli vaziyatlarni, jumboqlarni yechishni taklif qiladi, shu bilan birga bolalarni aqliy ijodkorlik qobiliyatlari rivojlantiradi.
Tarbiyachi shunday bir muaamoli vaziyatni yaratsinki, ushbu jarayonda mustaqil o‘rganishi va bilishi, mantiqiy fikrlashga harakat qilish imkonini yaratishi muhimdir.
Bola tevarak-atrofdagi jonli va jonsiz tabiat bilan tanishganda uni bitmas-tuganmas ekanligini anglab yetishi hususidagi amaliy-bilimlar burchagida asosiy rolni o‘ynasin.
Ushbu loyihalangan metodning to‘rtinchi bosqichi xulosalash va yakunlovchi bo‘lib, taqdimot bolalarning yoshiga va loyihaning mavzusiga qarab turli shakllarda o‘tkazilishi mumkin: yakuniy o‘yinli-mashg‘ulotlar, o‘yinlar viktorinasi, mavzuli o‘yin-kulgi, albomlarga bezak-dizayn berish, foto-ko‘rgazmalar, kichik muzeylar (MTT maydonida), ijodiy-devoriy gazetalar.
Loyihalar ko‘rinishidan va tashkil etilishidan tashqari, ijodiy, tadqiqotli-izlanishli, axborotli, o‘yinli, amaliy-mashg‘ulotlarga asoslangan, doimiy diqqati hamda amalga oshirishning har bir bosqichida kattalarning yordami va ko‘magini talab etadi.
Maktabgacha ta’lim jarayonida loyiha usulidan foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, kattalar bolani muammolarni aniqlashga yordam beradi yoki hatto uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, uni qiziqtiradi va bolalarni birgalikdagi loyihada “ishtirok etish”ga undaydi, ota- onalarning g‘amxo‘rligi va yordami bilan muammolar yechimini topadi.
Loyiha texnologiyasidan foydalanishda, avvalo, maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik xodimlari bir qator muammolarni hal qilishlari kerak:

  • tarbiyachilarning dizayn uslubi xususiyati haqida xabardorlik darajasining pastligi;

  • tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rnatilgan stereotip kasblar tizimidan chetga chiqishlarini istamasligi;

  • ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotida sub’ektiv muhitni yetarli darajada jihozlash;

  • ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkilotida faol ishtiroklarini past darajada ekanligi, maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatga nisbatan motivatsiyani sustligi.

Ta’lim berish va tarbiyalashda shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuv asosida loyiha faoliyati, strategiyani ishlab chiqishda tarbiyachilar ijodiy faoliyatining rivojlanishiga hissa qo‘shadi, o‘quv jarayonining taktikasi va texnologiyalari, tarbiyachilarning shaxsiy rivojlanishi, pedagogik faoliyatning sifatli natijalariga erishishga imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib, yuqorida muhokama qilingan loyiha faoliyatining metodologik asoslari, maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlariga innovatsion texnologiyalarning yuksak darajadagi moslashuvchanligi haqida fikr beradi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida bolalarga mashg‘ulot o‘tishda loyihalar uslubi o‘zining munosib o‘rnini topishi lozim. Mazkur usul orqali tarbiyalanuvchilarda yaratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatlari shakllanishiga katta ta’sir etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin