Maktabgacha ta`lim tashkiloti va ota-ona o`rtasida tuzilgan shartnoma



Yüklə 87 Kb.
səhifə2/6
tarix14.12.2023
ölçüsü87 Kb.
#176843
1   2   3   4   5   6
Bola shartnomasi22

2)Tashkilotning majburiyatlari:
2.1.Yo`llanma asosida tarbiyalanuvchini qabul qilish;
2.2.Tarbiyalanuvchining yoshi, individual, psixologik va jismoniy xusususiyatlari, iste`dodi hamda qobiliyatini inobatga olgan xolda ta`lim-tarbiya jarayonini nazorat qilish;
2.3.Tarbiyalanuvchining xayotini muxofaza qilish, jismoniy hamda psixologik sog`ligini ta`minlash, rivojlanishidagi nuqson (oddiy) va kamchiliklarni bartaraf etish, ijodiy qobiliyatlari hamda qiziqishlarini rivojlantirish, rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan xolda, uning shaxsiga aloxida yondashishni ta`minlash, bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiyaga rioya qilish;
2.4.Pedagog axloq-odobiga rioyaqilish, bola va ota-onalarning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni turli tayziqlardan himoya qilish, ularni mexnatga, ota-onaga hurmat, atrof – muxitga extiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish ruxida tarbiyalash;
2.5.Tarbiyalanuvchining tashkilotda bo`lish jarayonida maktabgacha ta`limga qo`yiladigan Davlat talablarining to`laqonli bajarilishini ta`minlash;
2.6.Maktabgacha ta`lim vazirligi tarafidan tasdiqlangan va tavsiya etilgan dasturlar asosida maktab ta`limiga sifatli tayyorlash;
2.7.Tarbiyalanuvchilarning rivojlanishi va maktab ta`limiga tayyorlashga oid bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishlarida ota-onalarga ko`maklashish;
2.8.Ilg`or xorijiy tajribani hisobga olgan xolda bolalarni har taraflama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo`yicha zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratish;
2.9.Tarbiyalanuvchilarga yuqori professional darajada ta`lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta`lim sifatini oshirish va maktab ta`limiga sifatli tayyorlash imkoniyatini yaratish;
2.10.Tarbiyalanuvchini tashkilotda xodimlarning qo`pol munosabatlari, bolaning ruxiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan muammolarning turli ko`rinishlaridan ximoya qilishni ta`minlash;
2.11.Pedagog va ota-onalarning bola manfaati yo`lidagi hamkorlik usullarini ustuvor ravishda qo`llash;
2.12.Tarbiyalanuvchiga tibbiy xizmat ko`rsatishni tashkil etish, davolanuvchi-profilaktik tadbirlar, reja asosida profilaktik emlash, sog`liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda tor mutaxassislar tarafidan tibbiy ko`riklarni o`z vaqtida o`tkazish;
2.13.Tarbiyalanuvchida o`qishga intilish xissini o`rgatish, ularni xalqimizning boy madaniy – tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida ma`naviy – axloqiy jixatdan tarbiyalash;
2.14.Ota-onalardan bola extiyoji uchun zarur bo`lgan narsalar va boshqa maqsadlarda majburiy tarzda pul yig`maslik;
2.15.Ota-onalar tomonidan tarbiyalanuvchi tashkilotga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi xujjat asli yoki faks, electron pochta orqali yuborilganda) taqdim etilgan xollarda badal to`lovlarni hisoblamaslik;
2.16.Belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida sifatli oziq – ovqat maxsulotlari bilan ta`minlash;
2.17.Tarbiyalanuvchiga tegishli bo`lgan narsa va buyumlarni to`laligicha saqlash;
2.18.Ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillaridan tarbiyalanuvchini qabul qilib olish va ularga topshirish;
2.19.Ota-onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, ta`lim-tarbiya dasturlari, tashkilotning manzili va telefoni hamda ta`limni boshqaruv idorasi bilan tanishtirish.

Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin