Maktabgacha ta`lim tashkiloti va ota-ona o`rtasida tuzilgan shartnoma



Yüklə 87 Kb.
səhifə1/6
tarix14.12.2023
ölçüsü87 Kb.
#176843
  1   2   3   4   5   6
Bola shartnomasi22


Maktabgacha ta`lim tashkiloti va ota-ona o`rtasida tuzilgan
SHARTNOMA
Ohangaron tumani Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi tasarrufidagi 2-sonli maktabgacha ta`lim tashkiloti (bundan buyon matnda – tashkilot) nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi Abdumalikova Xolposhsha Jamolovna bir tarafdan va G`ayratov Mustafo Farrux o`g`lining onasi Umirzakova Gulira`no Zafar qizi (bundan buyon matnda ota-ona) mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar.
I. SHARTNOMA PREDMETI
Tashkilot mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha huquqlarini ta`minlagan xolda unga sifatli ta`lim-tarbiya berish, sog`liqni muxofaza qilish va mustaxkamlash, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish majburiyatini, ota-onalar esa tarbiyalanuvchini tashkilotga topshirish, tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta`minoti uchun to`lovni o`z vaqtida amalga oshirish va tashkilotning ichki tartib – qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.
II.TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
1)Tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
1.1.Tashkilot xodimlarining qonuniy huquq va manfaatlarini, qadr-qimmati va qiziqishlarini ximoya qilish;
1.2.Tashkilot ustavida belgilangan tartibda ota-onalarning istaklari, tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatiga ko`ra bolani guruhiga taqsimlash;
1.3.Tarbiyalanuvchining tashkilotda bo`lishini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo`lmagan taqdirda, uni tashkilotga (vaqtincha) qabul qilmaslik;
1.4.Tarbiyalanuvchining tashkilotda bo`lgan davri uchun to`lanadigan badal to`lovi har oyning 15-sanasidan keyin ikki xafta mobaynida uzrli sabablar siz to`lanmagan taqdirda, ota-onalar bilan tuzilgan shartnomani tashkilot tomonidan bir tarafdan bekor qilish mumkin;
1.5.Shartnoma bekor qilingan xollarda tashkilot bola qatnovini tiklashni yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshirish;
1.6.Tarbiyalanuvchini oilada tarbiyalash bo`yicha tavsiya berish;
1.7.Tashkilotda zarur moddiy-texnik baza hamda malakali pedagog xodimlar mavjud bo`lgan taqdirda, asosiy ta`lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan xolda pullik ta`lim-tarbiya xizmatlarini ko`rsatish;
1.8.Tibbiyot hamshirasi tomonidan tarbiyalanuvchilarni ertalabki filtratsiyadan o`tkazish jarayonida bolaning kasalligi aniqlangan xollarda tashkilotga qabul qilmaslik;
1.9.Bolaning maktabgacha ta`lim tashkilotiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to`xtatilishi to`g`risida ota-onaning yozma arizasi bo`lmagan xollarda, to`lovni to`liq oy uchun hisoblash va umumiy asoslarda undirish;
1.10.Bolaning maktabgacha ta`lim tashkilotlarida to`lov to`langan davridan ortiq muddatda bo`lishiga, ushbu oy uchun to`lovning qolgan qismi to`langandan so`ng yo`l qo`yiladi.

Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin