Maktabgacha ta`lim tashkiloti va ota-ona o`rtasida tuzilgan shartnoma



Yüklə 87 Kb.
səhifə3/6
tarix14.12.2023
ölçüsü87 Kb.
#176843
1   2   3   4   5   6
Bola shartnomasi22

3)Ota-ona quyidagi huquqlarga ega:
3.1.Tarbiyalanuvchining qonuniy huquq va qiziqishlarini ximoya qilish;
3.2.Tashkilotning ustavi bilan tanishish;
3.3.Mavsumiy cheklov (karantin) va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan vaqtlardan tashqari vaqtda tashkilotning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko`riklar, ko`ngilochar soatlar, yakuniy hamda ochiq mushg`ulotlar va x.k.);
3.4.Tashkilotda bolalar bilan olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlarini yaxshilash bo`yicha takliflar kiritish;
3.5.Tashkilotda bolalarga ta`lim-tarbiya shakllarini, maktabgacha ta`lim tashkilotida ta`lim berish tilini tanlash;
3.6.Tashkilotda bolalarga ta`lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishini hamda bolalarning shaxsga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo`lish, shartnomada belgilangan shartlar bo`yicha bolaga ta`lim-tarbiya berilishini talab qilish;
3.7.Tashkilotning kun tartibi davomida Bolalarni maktabgacha ta`lim tashkilotidan olib ketish boshlanish vaqti soat 07:00dan Bolalarni maktabgacha ta`lim tashkilotidan olib ketishning yakuniy vaqti soat 17:30gacha bo`lgan davrda yoki o`ziga qulay bo`lgan vaqtda sababi ko`rsatilgan holda yozma bildirish asosida bolalarni maktabgacha ta`lim tashkilotidan olib ketish;
3.8.Tashkilot rahbariyatini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan oldin bir taraflama bekor qilish.
4) Ota-onaning majburiyati:
4.1.Tashkilot ustavi hamda mazkur shartnoma talablariga qat`iy rioya qilish;
4.2.Pedagoglar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, tarbiyalanuvchilarni aralashtirmay turib, zudlik bilan tashkilot rahbariyati bilan muammoni xal qilish;
4.3.Tarbiyalanuvchini tashkilotga joylashtirganda, tegishli xujjatlar va ota-onalar haqidagi ma`lumotlarni (telefon raqami, yashash va ish joyi haqida ma`lumotnoma) taqdim etish;
4.4.Tarbiyalanuvchi kasallangan taqdirda, zudlik bilan tashkilot ma`muriyati yoki tibbiy xodimlariga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog`aygandan so`ng, tibbiy ma`lumotnomani taqdim etish;
4.5.Tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta`minoti uchun ota-onalar to`lovini o`z vaqtida tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz (bank plastic kartochkalari orqali va pul o`tkazish yo`li bilan) shaklda to`lash hamda to`lovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi xujjat nusxasini tashkilotga taqdim etish;
4.6.Oyning har oylik to`lov sanasi 15-sanasidan keyin tashkilotga kelgan tarbiyalanuvchining ta`minoti uchun to`lovni u kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to`lash;
4.7.Tarbiyalanuvchi vaqtincha qatnamagan kunlari uchun tashkilot rahbariyatiga ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi xujjat asli yoki faks, electron pochta orqali yuborish);
4.8.Tashkilot ishchi xodimlari va boshqa ota-onalarni hurmat qilish;
4.9.Tarbiyalanuvchini to`laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena ko`nikmalarni shakllantirilishini qat`iy kuzatib boorish hamda tarbiyalanuvchini tashkilotga ozoda kiyingan xolda olib kelish;
4.10.Tarbiyalanuvchining tug`ilgan kuni va tadbirlarni nishonlash uchun uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat maxsulotlari hamda pishiriqlarni tashkilotga olib kirmaslik;
4.11.Tashkilotga bolani har qanday qimmat baxo taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik;
4.12.Yashash joyi yoki telefon raqami o`zgargan taqdirda, tashkilot rahbariyati va guruh tarbiyachisiga bu haqda xabar berish;
4.13.Bolani oilada tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni ta`minlash;
4.12.Bolani tashkilotdan olib ketishni begona shaxslarga topshirmaslik;
4.13.Ertalabdan bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda, mauassasaga olib bormasdan shifokor ko`rigidan o`tkazish;
4.12.Ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha ta`lim tashkilotiga qatnashi butunlay to`xtatilgan taqdirda, to`lov to`liq bo`lmagan oy uchun, ya`ni bola amalda maktabgacha ta`lim tashkilotiga qatnagan kunlar uchun to`lanadi.

Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin