Maktabgacha ta’lim tashkiloti vazirligi tizimi xodimlari ning odob axloq qoidalari



Yüklə 25,64 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü25,64 Kb.
#208981
  1   2   3   4
Odob axloq normalari

Maktabgacha ta’lim tashkiloti vazirligi tizimi xodimlarining odob axloq qoidalari.

Reja:

Har bir sohani o‘zining etiket qoidalari mavjud. Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining ham xizmatdagi odob axloq qoidalari mavjud bo‘lib, mazkur odob-axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2021-yilning 11-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 11-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan

Mazkur buyruq asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ham odob-axloq qoidalari tasdiqlangan bo‘lib, tizim xodimlari mazkur qoidalar asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari o‘z faoliyatlarida bir qator xulq-atvorning asosiy tamoyillari va qoidalariga rioya etishlari shart. Xodimlar o‘z faoliyatlarida qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, vatanparvarlik va xizmat burchiga sodiqlik, davlat va jamiyat manfaatlariga sadoqat, adolat, halollik va xolislik, professionallik va kompetentlik, samaradorlik va tejamkorlik kabi qoidalarga rioya etishlari shart. Odob-axloq qoidalari tizimda xodimlarning o‘z majburiyatlarini bajarishda amal qilishi lozim bo‘lgan vazifalardan iboratdir.

Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarning axloqiy xulq-atvorini shakllantirish usullari va vositalari Maktabgacha ta'lim tizimida odob-axloq qoidalariga amal qilishda eng avvolo, tizimda rahbarlik qilayotgan rahbarning birinchi navbatda o‘z odob-ahloq normalarini bajarishi va o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan jamoada namuna bo‘lishini ta'minlashi lozim. Maktabgacha ta'lim tizimi tashkilotilarining rahbarlari ish jarayonida xodimlarning axloqiy xulq-atvorini shakllantirishlari va ularning ishga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirishlari, jamoatchilik qobiliyatlarini shaklantirishlari lozim.


Yüklə 25,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin