O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlik Mahkamasining tegishli qarori bilan xavfsizlik standartlariga qat'iy rioya qilingan holda ixtiyoriy shanbalik tashkil etilgan hollar bundan mustasno); xodimlarini samarali boshqarish, ular tomonidan tizim mol-mulki va moliyaviy resurslari bilan ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo‘lishlarini kuzatish; o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar tomonidan mazkur Qoidalar buzilishini oldini olishga bo‘lgan harakatsizligi uchun javob berish. Vazirlik tizim tashkilotilarining rahbarlari o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar bilan munosabatlarda professional, halol va adolatli xulq-avtor namunasi bo‘lishi, qulay ish muhitini yaratishi hamda tizimda ijobiy ma'naviy-psixologik muhitni shakllantirishga ko‘maklashishlari lozim. Vazirlik tizimi rahbarlari nepotizm, favoritizm, maxilliychilik, homiylik, urug’-aymoqchilik va boshqa belgilarga
ko’ra xodimlarni yollash, rotatsiya qilish, lavozimga tayinlash, rag’batlantirish yoki jazolash, shuningdek, ularga boshqacha sub'ektiv munosabatda bo’lishga yo’l qo’ymasliklari kerak. Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarning xizmatdagi xulq-atvorining asosiy tamoyillari va qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 11-yanvardagi 11-sonli buyrug‘ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalarida tizim xodimlarining xizmatdagi xulqatvorining asosiy qoidalari va tamoyillari ko‘rsatilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: qonuniylik – vazirlik tizimi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga so‘zsiz rioya qiladilar hamda o‘z xizmat majburiyatlarini mansab yo‘riqnomalari, mehnat shartnomalari, ichki hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofik bajaradilar; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi – fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari vazirlik tizimining oliy qadriyati bo‘lib hisoblanadi, soha xodimlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaydilar va qonunbuzarlik bo‘lgan hollarda ularni tiklashga ko‘maklashadilar.