Qo’qon Universiteti
Maxsus sirtqi Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 03- gurux talabasi
Qodirova Dilnozaningning “MT asoslari fanidan tayyorlagan 4- musttaqil ishi .
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishini tahlil qilib bering?
Jamiyatimizda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish o’sib kelayotgan yoshlarni ma’nan yetuk qilib tarbiyalash, barcha davrlarda bo’lgani kabi bugungi kunda ham davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, inson o’z umri davomida oladigan informatsiyaning 70 % ini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan. Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi.
Rasman bolalar bog'chasi maktabga tayyorlov maskani hisoblansada, aslida bolalar tug'ilishi bilanoq maktabga tayyorgarlik boshlaydi desak mubolag’a bo’lmaydi. O'z oila a'zolari va do'stlari — atrofdagi odamlar bilan o’zaro munosabatlari orqali ular boshqalarga mas’ul bo’lish, tashqi dunyoga qiziqish va yangi qobiliyatlarni o'zlashtirish ishtiyoqini rivojlantirish singari muhim tayyorgarlik ko'nikmalarini o'rganadilar. Bundan tashqari, ular o'zlarining ota-onalari, tarbiyachilari va aka-ukalaridan farqli alohida faoliyat bilan shug'ullanadigan individual shaxslar ekanliklarini anglab boradilar. Bolalar bog'chasida rivojlanishga yo'naltirilgan dasturlardagi tizimli rejalashtirilgan o'yinlar yordamida til, aql, sensomotorika va ijtimoiy-shaxsiy qobiliyatlar mustahkamla-nadi.
Quyidagi mavzuda esse yozing: “Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida Siz qanday ta`lim-tarbiya metodlaridan foydalanasiz?”