Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishini tahlil qilib bering?



Yüklə 23,38 Kb.
səhifə2/2
tarix30.05.2022
ölçüsü23,38 Kb.
#60034
1   2
MTT4- topshiriq

Savollarga javob bering:




Sensor tarbiya, bu…

Sensor so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib, “sensus” – “tuyg’u”, “sezgi”, “idrok” ma’nolarini bildiradi. Demak borliqni his qilish sezish va idrokdan boshlanadi. Shuni ta’kidlash joizki maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlanish davri sanaladi. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o’rin tutadi. Sensor tarbiya bolalarda hissiy bilish qobilyatlarini shakllantirishga va sezgi –idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Bolaning rivojlanishida o‘yinchoqlarning ahamiyati qanday?

Texnika o‘yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otib, ularni o‘z o‘yinlarida qo‘llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar. mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko‘rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o‘yinchoqlar yaqin turadi. Qurish-yasash o‘yinchoqlari bolalardagi qurish-yasash qobiliyatlarini rivojlantiridi hamda ijodkorl ikka intilish uyg‘otadi. Bu o‘yinchoqlarni o‘ynash buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim. (avtomobilda g‘ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi).



Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish deganda nimani tushunasiz?

Bolalarga matematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi o’quv- tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri - bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir.Bolalar matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o’rganiladigan xususiyatlar va konuniyatlarni bilish kerak. Bolalardagi matematik bilim xayotdan ajralmagan xolda dunyoni chuqurroq, o’rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo’lgan g’oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin g’oya paydo bo’ladi, keyin shu yangilik ham kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o’zining mohiyati bo’yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo’ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish usullari va texnikasi deganda nimani tushunasiz?

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola har tomonlama maktab ta’limiga tayyorlanadi. Ular orasida bola nutqini rivqjlantirish eng asosiylaridan hisoblanadi. Ularning so‘z boyligi oshishi ravon gapirishi va o‘z fikrini to‘liq ifoda etib, aytib bera olishi juda muhim. Shu sababli aktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tiladigan mashg‘ulotlar orasida nutq o‘stirish mashg‘uloti eng asosiy mashg‘ulotlardan hisoblanadi.Badiiy adabiyot bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta'sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqining rivojlantirish va boyitishga ulkan ta'sir ko‘rsatadi. She’riy obrazlarda badiiy adabiyot jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his-tuyg‘ular va o‘zaro munosabatlar olamini ochib beradi hamda tushuntiradi. Bu namunalar o‘z tas'ir kuchiga ko‘ra turlicha bo‘ladi: hikoyalarda bolalar so‘zlarning lo‘ndaligi va aniqligini bilib oladilar; she’rlarda o‘zbekcha nutqning musiqiyligini, ohangdorligini ilg‘aydilar; xalq ertaklari ular oldida tilning aniqligi va ifodaliligini namoyon qiladi, ona tilidagi nutqning yumor, jonli va obrazli taqqoslashlar, ifodalarga qanchalik boyligini ko‘rsatadi.
Badiiy asarlar voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar misolida xarakterlarni ochib berishi bilan bolalarda eng yaxshi insoniy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalaydi, hayot go‘zalligini idrok etishga o‘rgatadi.



Esse
Men Qodirova Dilnova tarbiyachi lavozimiga o’tganimga bir yil bo’ldi. Bungacha bo’lgan davrda yordamchi tarbiyachi bo’lib ishlab kelganman. Men hali o’zimni to’la qonli tarbiyachi deb hisoblay olmayman, bunga sabab tarbiyachi lavozimiga o’tganimga endigina bir yil bo’ldi. Men hali ko’p bolalar bilan ishlashim kerak. Shu bilan birga yaxshi tarbiyachi bo’lish uchun tinimsiz mehnat qilib kelyapman.


Men bolalarga mavzuni fasllar, oylarga moshlab o’tishga harakat qilaman. Hozir may oyida “Asboblar va anjomlar” mavzusini o’tmoqdamiz men rangidan top, ovozidan top yana harakatli o’yinlardan foydalanib mavzuni tushuntirmoqdaman masalan harkatli o’yinimni men asboblarni qanday ishlatish harakatlarini imo- ishoralar bilan bolalarga harakatimni ko’rsatib berdim bolalar esa men qaday ish bajarayotganimni ko’rib asbob nomlarini tez va oson topib oladilar . Guruxim kichik gurux bo’lgani uchun ularni ham bajarishga taklif qildim biroz harakatlarni maromiga yetkazib bajaraolmadilar, lekin nomini aytishga ularni kimlar ishlatishini ancha o’zlashtirib oldilar qisman maqsadimga erishdim . keyin yana idishlarni nimadan tayyrlaganini o’rgatish uchun ular bilan “ovozidan top” o’yinini o’ynatdim bunda bir bolani ko’zini boylab odida stolda idishlar qo’yilgan ularni qalam bilan urib ovozini eshittirdim ular ovozini eshitib yelimdan , metaldan, chinnidan, shishadan, yogo’ochdan, loydanqanday ovoz chiqishini tushunib oldilar . Yana “ ha yo’q “o’yinidan ko’p foydalanaman bunda bolalar mening savollarimga ha yoki yo’q javobini aytishi kerak bo’ladi masalan idishlarni sindirmoq- yo’q ,o’yinchoqlarni shkafga solib qo’ymoq- ha, krovatda sakramoq -yo’q , stulda o’tirmoq- ha deb javob aytishi kerak bo’ladilar. Bu bolalarga ham ta’lim tamonidan ham tarbiya tamonidan yaxshi ko’nikma bilimga ega bo’ladilar shunday qilib men ko’piroq o’yin metodidan foydalanaman . Bolalar bilan ko’proq ishlaganim menga ancha o’zimni kamchiliklarimni ustida ishlashni o’rgandim. Hozirda Qo’qon Unversitetida ta’lim olyapman ustozlarimni bergan bilimlaridan foydalanib bolalar bilan qanday til topish , ularni qanday faolyatga qiziqtirishni ular bilan qanday muloqat olib borishni ancha yo’lga qo’yib olddim. Yana men ish faolyatimda kuzatish , suhbat ,so’zlab berish metodlardan foydalaman . Kuzatishda men bolalarni mashg’ulotlarni qay darajada o’rganib borishini kuzatam bular bilan yana ham ko’proq muloqatlar olib borib tushuntiraman .Suhbat metodi bolalar bilan deyarli har daqiqada foydalanaman asosan kam gap bolalardan so’rayman, so’zlashaman ba’zilari so’rasam javob beradi ba’zilariga ko’proq tushuntirsam keyin gapiradilar .So’zlab berish metodidan esa asosan ertak xikoyalarni aytishda foydalanaman ro’lga kirib gapirib beraman shunda ko’proq bolalarni diqqatini jalb qilaolaman menga shundagina quloq soladi. Hali oldinda Juda maqsadlarim ko’p bularga albattda mehnatlar orqasidan erishaman.
Yüklə 23,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin