“Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturi asosida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali faoliyatini tashkil etadi va turli taʼlim resurslarini oʻrganadi
51dan 85 ballgacha
Ijodiy (yuqori)
“Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturi asosida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali faoliyatini turli taʼlim resurslaridan foydalangan holda tashkil etadi. Mustaqil ravishda “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturi asosida mavzuli rejalarni ishlab chiqadi
86dan 160
ballgacha
metodist ____________________ ________________
(imzo) (FISh)
«_____»_________________ 20___ y.
04-03. Bolaning rivojlanish xaritasining yuritilishini nazorat qilish daftari: Bolaning rivojlanish xaritasi yuritilishini nazorat qilish kitobi tashkilotdagi guruhlar kesimida tarbiyalanuvchilarning rivojlanish xaritalari asosida yuritiladi. Guruhlarda bolalar bilan yilda 3-marta kuzatish oʻtkaziladi. Rivojlanish xaritasi asosida bolalarni kuzatish natijalari tahlil qilinadi. Kuzatish jarayonida 5 ta rivojlanish sohalariga asosan belgilangan mezonlar boʻyicha oʻzlashtirmagan bolalar soni yoziladi. Daftarning izoh qismida kuzatish natijalarida bolalar rivojlanishida aniqlangan boʻshliqlar asosida yakka tartibda olib boriladigan, taʼlim jarayoniga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha vazifalar qayd etiladi.