Asosiy qism.Qonunga muvofiq, maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlarda tashkil etiladi: • umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti;
• ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti;
• inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti;
• qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti.
Pedagog xodimlarningmaqomi va ular faoliyatining kafolatlari. Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo`llab-quvvatlanadi, o`z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro`sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o`z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Ta`lim tashkilotlari pedagog xodimlarning huquqlari, sha`ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro`si davlat himoyasi ostida bo`ladi.