MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA AQLIY TARBIYANI TASHKIL ETILISHI
REJA:
.1.O’quvchilar aqliy tarbiyasini shakllantirishda Sharq allomalari qarashlaridan foydalanish.
2. O’quvchilarda aqliy tarbiyani shakllantirishning mazmuni.
3.O`qish darslarida aqliy tarbiyani shakllantirish texnologiyasi
Mavzuning dolzarbligi. O'sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamma davrlarda bo'lgani kabi, hozir ham millatning ilg’or kishilari diqat markazida bo'lib kelmoqda.
Xo'sh, dunyoqarashni o'zini qanday tushunish kerak? Dunyoqarash-bizni o'rab olgan borliq nima, u qanday rivojlangan, tabiatda qanday inson o'rin tutadi, uning ongi qanday paydo bo'ldi va kamol topdi, jamiyatning yaralish tarixi qanday, inosniyat turmush darajasini qanday qilib yaxshilash mumkin va shu kabi masalalarga kishilarning turlicha qarashlari, munosabatlaridir. Inson o'z faoliyatida malum ilmiy bilimlardan, qonuniyatlardan, tushuncha va g’oyalardan foydalanadi. Ana shu bilimlarga asoslanib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalarini baholaydi, ularni o'ziga talqin etib, ma'lum xulosalarga keladi.
Dunyo, inson, aql-zakovat, ma’naviyat- bular bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Dunyo bunyod bo’libdiki, inson dunyo yuzini ko’ribdiki, o’zini inson sifatida anglabdiki, u o’zini borliqning eng mukammal mavjudoti sifatida aql-zakovati bilan tanib keladi. Inson ongi, tafakkuri va ma’naviyati tufayli shunday ustunlikka egadir. Inson dunyoga ma’lum bir maqsad bilan kelmaydi. U o’zligini idrok etgandan so’ng hayotda yashashdan ma’no izlaydi va shu narsa uning hayoti mazmunini tashkil etadi. Insonlar bor, dunyoga keladilaru ketadilar, ulardan nom-nishon qolmaydi, hayotning ma’nosiga, qadriga yetmaydilar. Insonlar bor – mana shu kelishi bilan ketishi o’rtasidagi “umr” deb atalmish vaqtga chaqmoqday chaqnab, o’zlarining yorqin izini qoldiradilar. Bu iz o’chmasdir. Mana shunday aql-zakovati bilan o’zidan keyin yaxshi ot qoldiruvchilar ma’naviy yuksak insonlardir. Ma’naviy komil insongina shunday yuksaklikka, avlod-ajdodlar qalbida zamonlar osha, asrlar osha yashashday sharafga sazovordir.
Demak, inson o’z hayoti va faoliyatini mazmunli o’tkazish uchun avvalo o’zini o’rab turgan borliqni bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo’lishi lozim. Chunki inson aqli va uning hayotida muxim o’rin tutishi, aql-idroktufayligina inson donolik, teran fikr, rostgo’ylik, to’g’rilik, uzoqni ko’ra bilish, nafsning ko’yiga tushmaslik kabi hususiyatlarni amalga oshirishi mumkin. Xalqimizning “Aql insonning ko’rki”, ”Aql suvdan tiniq, oynaday ravshan” kabi naqllar bejiz aytilmagan. Shuning uchun ham aql inson uchun g’oyat oliy ne’matdir. Aql bilan ilm-ma’rifat egallanadi, kasb xosil qilinadi, dunyo sirlari o’rganiladi. “Aql- yurak ichidagi nur, bu nur bilan haq yoki noxaq bilib olinadi”, “Aql- jonning xayoti,jon esa jasadning hayoti, tan esa jasadning hayoti!”, “Kishining nafsi aqldan ustun bo’lsa, undan odamning hayvondan farqi yo’q”.
Aql kishining o’z irodasi, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy xaqiqatlarni anglash va ularga o’z faoliyatida ma’naviy-insoniy nuqtai-nazardan amal qilishdir.
Aql insonlarning piri komili, murshidi, yagonasidir. Rux ishlovi, aql boshlovchidir. Inson aqli ila din va e’tiqodni mahkam qaladi, shariat hukmlariga bo’ysunadi. Insonlarning do’sti uning aqlidir. Dushmani esa uning nodonligidir. «Ollox eng g’azab qilgan kishi ahmoqdir. Chunki u eng aziz narsadan maxrumdir». Olimlarning fikricha, aql ikki turli bo’ladi.. Insonni hayvondan ajratib turadigan tug’ma aqli tabiiy va kasbiy bu tabiiydir. Inson tabiatdagi aqlni o’tkirlash va o’stirish faoliyati bu kasbiydir. Bu esa aqlni ishlatish, tajriba va ilm olish bilan xosil bo’ladi. U aqlni rivojlantirish uchun ham xar bir kishi xayotdan tajriba orttirish va ilm ma’rifat o’rganishi zarur, xar kimki, aqlga oshno bo’lsa, u jamiki ayblardan poklanadi, xaqiqatni, anglab, kamolotga yetadi.
Abu nasr Forobiy yozadi: “Aqlli deb shunday kishini aytamizki, unda o’tkir zexn, idrok bo’lishi bilan birga u fazilatli ham bo’lsin. Bunday kishi o’zining butun qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o’zini saqlashga va tortishga qaratgan bo’lmog’i lozim. Shunday odamnigina aqlli va butun fikr yurituvchi deb atash mumkin”.
Bolalarnning aqlli bo’lishida oila, maktab, keng jamoatchilikning ta’siri kattadir. Aqlli bolalar qaerda bo’lmasinlar doimo extiyotkorlik bilan bilim va tarbiyali ekanligini namoyish etadilar. Ularni ko’rgan, suxbatida bo’lgan kishilar aqliga tahsin qilib rahmat aytadilar. Shu o’rinda 1447 yili Taft shahrida 5-6 yoshli Alisherning mashxur olim, tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan bo’lgan uchrashuvini misol sifatida keltirish maqsadida muvofiqdir.
Bola mo’ysafidning savollari burro javob berar edi. Uning o’zini tutishi, odobi mo’ysafidga yoqib tushdi.
-Men chaqirganimda o’rtoqlaring qochib ketdi. Sen esa xuzurimga kelding, so’roqlarimga yaxshi javob berding. Shuning uchun senga raxmat, umring uzoq bo’sin, boshing omon bo’lsin. Olim, fozil, bo’lib, yaxshi obro’ga erishgaysan, - mo’ysafid uni duo qildi.
Bundan ko’rinib turibdiki, aqlli bolalar hamma joyda kamolu-ta’zim bilan salom beradilar. Odob bilan munosabatda bo’ladilar.
Xaqiqatdan ham, aqlni ishlatgan kishi hayotida faqat ezguliklar qiladi va ezgulik ko’radi.
Lekin shuni aytish joizki, aql, zakovat jihatdan yetuk bo’lmagan inson hech qahon o’z Vatanini, o’z dinini, eng asosiysi o’zligini anglay olmaydi, o’zligini anglamagan inson esa manqurtga aylanib qoladi. Bu esa ertangi porloq kelajagimizning halokatidir. Bizning bu boradagi eng asosiy vazifamiz yoshlarni ma’naviy barkamol, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan, yurt istiqboli uchun qayg’uradigan komil insonlarni tarbiyalashimiz, ularni kamol zarur. Zebo, yurtboshimiz I.A.Karimov aytganidek: «Ilm, ma’rifat biz uchun bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q yo’qolmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina oldimizga qo’ygan maqsadimizga erisha olamiz». Yurtboshimiz I.A.Karimov aytganlaridek, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Shuning uchun ham komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasideb e’lon qilganmiz.
Komil inson deganda, biz avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. Uxar bir narsani aql, mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi.
Darhaqiqat ilm-ma’rifalilik kuch-quvvat manbai, qalbga nur, o’ziga ziyo bag’ishlaydigan buyuk ne’matdir. Shu sababli ham inson hayotda qunt bilan ilmni o’rganishi tufayli aql-zakovati yuksaladi, baxtli hayot uchun kurashadi.
Bizga ma’lumki, inson hayoti uchun muhim bo’lgan ilm hikmatlarini o’rganishda ota-bobolarimizning faoliyati va ularning yoshlarga ko’rsatgan g’amxo’rliklari beqiyosdir.
Xalqimiz orasidagi quyidagi o’g’itlar insonlarni ilm-ma’rifatga da’vat etuvchi buyuk kuchdir.
Inson uchun aql, eshik ochuvchi, axloqiy yo’l ko’rsatuvchidir. Yetuk axloq vaodobinsonning ziynati, donolarning fazilatidir. Aqlli kishi ahloqli bo’lsagina, xalqiga, mamlakatiga, yoru do’stlariga naf keltiradi. Alisher Navoiy o’zining aqli, ibratli axloqi, odobi bilan mamlakatiga, xalqiga hech qachon so’nmaydigan buyuk meros qoldiradi. U o’zi hayot bo’lgan davrlardayoq, aqli va axloqi bilan xalqiga, mamlakatiga ko’p foyda keltirgan. Aqliy tarbya insoniyat paydo bo`lgandan boshlab tarbiyaning ustuvor vazifasi bo`lib kelgan.Pedarogika fanlari nazaruotchi olimlari S.Rajapov,S.Temurova,S.Nurmatova,B.Mirzahmedova,B.Adizov,R.Og`aevlartomonidan aqliy tardiyani ng shakllanish usullari va uni amalga oshirish tizimi aqliy tarbiyani shakllantirish to`g`rlsldagi fikrlari mavzuning o`rganilganlik darajaslni belgilaydi .
ASOSIY QISM:
O'zbekiston mustakilligi tufayli mamlakatimiz xayotida katta o'zgarishlar ro'y bermokda. Mustakillik sharofati bilan milliy kadriyatlarimiz kayta tiklanib, buyuk allomalarimiz-Axmad Yassaviy, Nakshbandiy, al-Buxoriy, Amir Temur, Ulugbek kabi aql-zakovatli, buyuk siymolarning xayoti va faoliyatiga bo'lgan kizikish ortib bormokda. Mustakillik tufayli o'zbek xalkining aql-idroki, milliy urf-odatlari, ayniksa ma'naviyatimizning asosi bo'lgan insoniy fazilatlar kayta tiklanmokda. Yangi adolatli jamiyat kurish uchun ta'lim-tarbiya soxasi haqidagi bilimlar chukurlashtirilmokda.
Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga “Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman” mavzusidagi javoblarida: “Biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma'naviy va axloqiy kadriyatlarga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e'tibor karatadi. Bu jarayon milliy istiklol goyasi va mafkurasiga, o'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga asoslanadi”,- degan edilar (iyun, 2000).
Insonni uluglash, uning kadriga yetish, ayniksa o'sib kelayotgan yosh avlodni aql-idrokli, odobli kilib tarbiyalash, ularni kamolotga yetkazish soxasida Respublikamizda bir kancha ishlarni amalga oshirmokda.
Dunyo, inson, aql-zakovat, ma'naviyat- bular bir-biri bilan chambarchas boglikdir. Dunyo bunyod bo'libdiki, inson dunyo yuzini ko'ribdiki, o'zini inson sifatida anglabdiki, u o'zini borlikning eng mukammal mavjudoti sifatida aql- zakovati bilan tanib keladi. Inson ongi, tafakkuri va ma'naviyati tufayli shunday ustunlikka egadir. Inson dunyoga ma'lum bir maksad bilan kelmaydi. U o'zligini idrok etgandan so'ng xayotda yashashdan ma'no izlaydi va bu narsa uning xayoti mazmunini tashkil etadi. Insonlar bor, dunyoga keladilaru ketadilar, ulardan nom- nishon kolmaydi, xayotning ma'nosiga, kadriga yetmaydilar. Insonlar bor - mana shu kelishi bilan ketishi o'rtasidagi “umr” deb atalmish vaktga chakmokday chaknab, o'zlarining yorkin izini koldiradilar. Bu iz o'chmasdir. Mana shunday aql-zakovati bilan o'zidan keyin yaxshi ot koldiruvchilar ma'naviy yuksak insonlardir. Ma'naviy komil insongina shunday yuksaqlikka, avlod-ajdodlar kalbida zamonlar osha, asrlar osha yashashday sharafga sazovordir.
Demak, inson o'z xayoti va faoliyatini mazmunli o'tkazish uchun avvalo o'zini o'rab turgan borlikni bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo'lishi lozim. Chunki inson aqli va uning xayotida muxim o'rin tutishi, aql-idrok tufayligina inson donolik, teran fikr, rostgo'ylik, to'grilik, uzokni ko'ra bilish, nafsning ko'yiga tushmaslik kabi xususiyatlami amalga oshirishi mumkin. Xalkimizning “Akl insonning ko'rki”,”Akl suvdan tinik, oynaday ravshan” kabi naqllar bejiz aytilmagan. Shuning uchun ham aql inson uchun goyat oliy ne'matdir. Akl bilan ilm-ma'rifat egallanadi, kasb hosil kilinadi, dunyo sirlari o'rganiladi. “Akl - yurak ichidagi nur, bu nur bilan haq yoki nohaq bilib olinadi”, “Akl o'z soxibini dunyo malomatlaridan kutkaradi”, “Akl- jonning xayoti,jon esa jasadning xayoti, tan esa jasadning xayoti!”, “Kishining nafsi aqldan ustun bo'lsa, unday odamning xayvondan farqi yo'k“.
Akl kishining o'z irodasi, kalbi va fikri asosida dunyoviy, xayotiy haqikatlarni anglash va ularga o'z faoliyatida ma'naviy-insoniy nuktai-nazardan amal kilishdir.
Akl insonlarning piri komili, murshidi, yagonasidir. Rux ishlovi, aql boshlovchidir. Inson aqli ila din va e'tikodni maxkam kiladi, shariat xukmlariga bo'ysunadi. Insonlarning do'sti uning aqlidir. Dushmani esa uning nodonligidir. «Ollox eng gazab kilgan kishi axmokdir. Chunki u eng aziz narsadan maxrumdir». Inson aqli tufayli yaxshilik bilan yomonlikni ajratadi. Olimlarning fikricha, aql ikki turli bo'ladi.. Insonni xayvondan ajratib turadigan tugma aqli Tabiiy va kasbiy bu tabiiydir. Inson tabiatdagi aqlni o'tkirlash va o'stirish faoliyati bu kasbiydir. Bu esa aqlni ishlatish, tajriba va ilm olish bilan hosil bo'ladi. U aqlni rivojlantirish uchun ham har bir kishi xayotdan tajriba orttirishi va ilm-ma'rifat o'rganishi zarur, har kimki, aqlga oshno bo'lsa, u jamiki ayblardan poklanadi, haqikatni, anglab, kamolotga yetadi.
Abu Nasr Forobiy yozadi: “Aklli deb shunday kishini aytamizki, unda o'tkir zexn, idrok bo'lishi bilan birga u fazilatli ham bo'lsin. Bunday kishi o'zining butun kobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o'zini saqlashga va tortishga karatgan bo'lmogi lozim. Shunday odamnigina aqlli va butun fikr yurituvchi deb atash mumkin”.
Bolalarning aqlli bo'lishida oila, maktab, keng jamoatchilikning ta'siri kattadir. Aklli bolalar kayerda bo'lmasinlar doimo ehtiyotkorlik bilan bilim va tarbiyali ekanligini namoyish etadilar. Ularni ko'rgan, suxbatida bo'lgan kishilar aqliga taxsin kilib raxmat aytadilar. Shu o'rinda 1447 yili Taft shaxrida 5-6 yoshli Alisherning mashxur olim, tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan bo'lgan uchrashuvini misol sifatida keltirish maksadga muvofikdir.
Bola mo'ysafidning savollariga burro javob berar edi.Uning o'zini tutishi, odobi mo'ysafidga yokib tushdi.
-Men chakirganimda o'rtoklaring kochib ketdi. Sen esa xuzurimga kelding, so'roklarimga yaxshi javob berding. Shuning uchun senga raxmat, umring uzok bo'lsin, boshing omon bo'lsin. Olim, fozil, bo'lib, yaxshi obro'ga erishgaysan, - mo'ysafid uni duo kildi.
Bundan ko'rinib turibdiki, aqlli bolalar hamma joyda kamolu-ta'zim bilan salom beradilar. Odob bilan munosabatda bo'ladilar.
Haqikatdan ham, aqlni ishlatgan kishi xayotida fakat ezguliklar kiladi va ezgulik ko'radi.
Lekin shuni aytish joizki, aql, zakovat jixatdan yetuk bo'lmagan inson xech kachon o'z Vatanini, o'z xalkini, o'z dinini, eng asosiysi o'zligini anglay olmaydi, o'zligini anglamagan inson esa mankurtga aylanib koladi. Bu esa ertangi porlok kelajagimizning xalokatidir. Bizning bu boradagi eng asosiy vazifamiz yoshlarni ma'naviy barkamol, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan, yurt istikboli uchun kayguradigan komil insonlarni tarbiyalashimiz, ularni kamol toptirishimiz zarur.
Zero, yurtboshimiz I.A.Karimov aytganidek: «Ilm, ma'rifat biz uchun bugun ham o'z ahamiyatini yo'kotgani yo'k, yo'kolmaydi ham. Akl-zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina oldimizga ko'ygan maksadlarimizga erisha olamiz». Yurtboshimiz I.A.Karimov aytganlaridek, yurtimizda farovonlik va tarakkiyot karor topadi. Shuning uchun ham komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor soxasi deb e'lon kilganmiz.
Demak, yaxshi xulqning asosi bo’lgan odob Alisher Navoiyning talqinida barcha insoniy xislatlarning bosh bo’g’ini sanaladi. g’anoat, sabr, tavoze, ishq, vafo, saxovat, himmat, karam, muruvvat, hilm (yumshoq ko’ngillik) kabi ijobiy fazilatlarning odobli, axloqli kishilar qiyofasidagina namoyon bo’lishiga urg’u berib o’tadi. Mutafakkir insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlar xususidagi fikrlarini ularning har biriga to’laqonli ta’rif berish asosida davom ettiradi. CHunonchi, “qanoat – buloqdir – suvi olgan bilan qurimaydi.
Xazinadir – naqdinasi sochilgani bilan kamaymaydir. Ekinzordir – urug’i izzat va shavkat mevasi beradir. Daraxtdir – shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi yetkizadi.
Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod bo’ladi qanoat qo’rg’ondir, u yerga kirsang nafs yomonligidan qutularsan, tog’liklardir – u yerga chiqsang dushman va do’stga qaramlikdan xalos bo’larsan; tubanlashishdir – natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir – foydasi ehtiyotkorlik urug’ining mevasi farovonlik”1.
Alisher Navoiy qanoatni to’ldiruvchi insoniy fazilatlar sabr, saxiylik, karam, muruvvat, himmat ekanligi ta’kidlab o’tadi. Mazkur xislatlarning bir-biriga yaqinligi hamda ularni insonning obro’-e’tiborini yuksak darajaga ko’tarishga xizmat qiluvchi xislatlar sanalishini aytib o’tadi. Ayni o’rinda sabr deb ataluvchi xislatga shunday ta’rif beradi: “Sabr achchiqdir – ammo foyda beruvchi, qattiqdir – ammo zararni daf etuvchi. Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir.
U o’rtoqdir – suhbati zeriktirarli, ammo maqsadga olib boruvchi; u ulfatdir – umidi uzun, ammo oxiri istakka eltuvchi.
Ulovdir – yurishi taxir, ammo manzilga yetkazuvchi; tuyadir – qadami og’ir, lekin bekatga tushirguvchi.
Achchiq so’zli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminida maqsad hosil bo’ladi. Badxo’r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so’ngida sog’liq yuz beradi”2.
Asarda saxiylik sifatiga esa insoniylikning haqiqiy mezoni deya ta’rif beriladi. Alisher Navoiyning talqinicha, saxiylik, saxovat odamlarning mushkulini oson qilish maqsadida ularga beriladigan minnatsiz yordamdir. Alloma insonlarni bir-birlariga nisbatan saxovat ko’rsatishga da’vat etadi. Himmatlilik, muruvvat, karam kabi xislatlar esa saxovatning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ushbu fazilatlarga ta’rif berar ekan, mutafakkir quyidagi fikrlarni qayd etadi: “Saxiylik (qo’li ochiqlik) kishilik bog’ining hosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin mevasidir, odamgarchilik o’lkasining to’lqinli daryosi, balki u to’lqin daryosining asl gavharidir. Yaxshilik, karam – bir jabrlanganning qattiqchilik yukini ko’tarmoq va uni o’sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. Karam birovning mashaqqat tikani og’irligini ko’tarmoq va tikan uchidan guldek ochilmoq va o’sha qilingan ishni qaytib tilga keltirmaslik, og’ziga olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uning yuziga solmaslik”1. “Muruvvat karamning urug’-avlodi, egizak qarindoshi, kimki bu xislatlarga ega bo’lsa izzat va hurmatga sazovor bo’ladi” kabi fikrlar asosida esa muruvvat deb ataluvchi xislatga ta’rif beriladi. Alisher Navoiy karam va muruvvat sifatlarini ota-onaga qiyoslasa, vafo va hayoni esa egizak farzandlardir deya ta’kidlaydi.
Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur»1. Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong’usidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdur»2.
Abdurahmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas meros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan “Baxoriston” asarida ta’lim-tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi.
Jomiyning fikricha, ilm inson uchun xayotiga yo’l ochuvchi va uni o’z maqsadiga erishtiruvchi omildir. Ilm va hunarni yoshlikdan egallash kerak. Ilm insonga hamma narsani oson va puxta anglab olishga yordam beradi, mehnatni yengillashtiradi. Jomiy yoshlarni ilmlarni egallashga da’vat etdi:
Jomiy o’z pedagogic qarashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ta’sir etishga da’vat etadi.
Yuqoridagi misralarda qilingan nasihat da’vat garchi shoxlarga qaratilgan bo’lsa ham, xar bir ish va xolatda tadbir va aql bilan ish tutish, do’stlarga yaqinroq bo’lish, yomonlik qilishdan saqlanish, adolatli bo’lish xar bir insonga qarata qilingan xitobdir.
Jomiy manmanlik, kekkayishlarni qoralaydi, g’ururlikni nodonlikning belgisi deb biladi. Inson xatto, boshqalardan biror sifati bilan yuqori darajali bo’lsa ham, kamtar bo’lishi kerak deydi.
Jomiy manmanlik nodonlik belgisi ekanligini uqtirib, yoshlarni bu illatlardan xoli, pok bo’lishga undaydi. Jomiy to’g’ri so’zlikni inson uchun zaruriy eng yaxshi xususiyat hisoblaydi, izxor etiladigan fikr so’z va harakat bilan uzviy birlikda bo’lmog’I kerak. Shoirning ta’kidlashicha, dilkashlik, shirinso’zlik, ochiq chexralik va quvnoqlik kishilarga yaxshi, yoqimli kayfiyat baxsh etadi.
Ulug’ adib o’z asarlarida hasislikni, o’grilikni keskin qoralaydi, oqilona yashash, ortiqcha boylikni muxtojlarga berish, qanoatli bo’lish g’oyalarini olg’a suradi. Jomiy deydi:
Do’st tanlash, do’stlikning samimiyligi xaqidagi fikrlarida Jomiy odamlarining o’zaro munosabatlariga e’tibor berganini ko’ramiz. Ulug’ mutafakkir do’stlarning do’stligi haqida:
Jomiy ilmlarni egallashda tajribaga aloxida e’tibor beradi, xayotda foydalanilmagan ilmni jonsiz, keraksiz ilm hisoblaydi. U ta’lim oldigayosh avlodni jamiyatga, odamlarga foydali xizmat qiladigan qilib yetishtirishni asosiy vazifa qilib qo’yadi.
Jomiycha, kitob o’tmish donishmand avlodlar bilan o’z davri yoshlari o’rtasida vosita, insonga eng yaqin do’st, erta tongdagi yog’du, ustoz va marabbiydir. Jomiyning bu fikri shu jihatdan muhimki, shoir kitobning bilim manbai, insoniyat donishmandligi xazinasi deyish bilan birga, donishmandlar o’z asarlarini xayotiy tajriba va kishilar ijodi mevasi sifatida kelgusi avlodlar uchun qoldirganliklarini aytadi. Shu sababli ham yoshlarda kitobga muhabbat, uni o’qishga qiziqish tarbiyalanishi kerak.
Jomiy kitobni bilim manbai der ekan, muallimni kelgusi yosh avlodga bu sifatlarni xosil qiluvchi ustoz sifatida ulug’laydi, ularni hammadan ko’ra ortiq hurmat qilishga da’vat qiladi. Shu bilan birga, Jomiy xar bir muallim chuqur bilim, aql, eng yaxshi axloqiy fazilatlar sohibi bo’lishi kerakligini ham aytadi. Jomiy bunday ideal o’qituvchiga Aleksandr Makedonskiyning tarbiyachisi Arastuni (Aristotelni) misol qilib ko’rsatadi. Demak, aqliy va axloqiy jixatdan komil o’qituvchi xar bor o’qituvchida aqliy qobiliyatni rivoj toptira oladi.
“...Mirzo Ulug’bekning umumbashariy qadriyatlarga qo’shgan hissasi beqiyos bo’lib, u bugungi kunda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O’zbekistonning xalqaro obro’sini oshirish yo’lida katta xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodimiz Ulug’bek nomi berilgan ma’naviyat maskanlari, mahallalar, ko’chalar va shaharlar juda ko’p. Yurtimizda dunyoga kelib ko’z ochayotgan har o’n chaqaloqning biriga ezgu niyat bilan Ulug’bekning muborak ismi berilyapti deb aytsak, mubolag’a bo’lmaydi.
Bularning barchasi — millatimizning buyuk allomaga bo’lgan cheksiz hurmati va ehtiromlaridan darak beradi.1”
Mirzo Ulug’bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, har qanday johillik va bilimsizlikka qarshi kurashdi. U insonning imkoniyatlari cheksiz ekanligiga ishora qilib, yoshlarni ilm egallashga, insofli va himmatli bo’lishga, halollik va rostgo’ylikka da’vat etadi.
Ulug’bekning bilimlarini nafaqat kitoblardan, balki bevosita hayotning o’zidan ham olishni tavsiya etadi.
Ulug’bek yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy fazilat deb biladi. U Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat dargohiga aylantiradi. Ulug’bek “Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan shiorni ilgari suradi va uni madrasaning peshtoqiga yozdirib qo’yadi. Madrasada esa ilmning turli sohalarining o’qitilishiga jiddiy e’tibor beriladi.
Masalan, Samarqand madrasasida ilohiyot ilmlari: qur’on, Hadis, Tafsir, fiqh bilan birga riyoziyot, handasa ilmi, hay’at (falakiyot), tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruz, ilmi qofiya, arab tili kabi dunyoviy ilmlar o’rgatilgan.
Ulug’bek ilm fani ravnaqi uchun kurashgan, ta’lim-tarbiya rivojiga hissa qo’shgan fuqarolarni doimo rag’batlantirib, o’qituvchi-ustoz, mudarrisga hurmat ehtirom bilan qarashni targ’ib etgan. Uning mana shu say’i harakatlari tufayli ta’lim-tarbiya sifati yaxshilana bordi, madrasalarda o’qish-o’qitish ta’limni jonlantirishga katta ahamiyat berildi. Madrasadagi o’quv tizimi isloh qilinib, unda falakiyot, matematika, geografiya kabi aniq fanlarni o’qitishni joriy etdi, ta’lim mazmunining sifatini oshirdi, madrasalarda o’qish muddatini 15—20 yildan 8 yilga tushirdi.
Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga alohida ahamiyat beradi.
Ulug’bekning fikricha, ta’lim-tarbiyada matematika, falakiyot fanlari bolaning aqliy qudrati va qobiliyatini o’stirishda muhim vosita bo’lsa, tarix va adabiyot fanlari esa bolalarning vatanparvar bo’lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Ulug’bek ta’lim-tarbiyada mudarrislarning odil va halol bo’lishiga, o’z pedagogik mahoratlarini, bilimlarini oshirib borishga, har bir mashg’ulotni yuksak saviyada o’tkazishga da’vat qiladi, ana shu bilangina o’quvchilarda bilimga qiziqish orttirish mumkinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, tarbiyachi avval o’zini tarbiyalashi, bilim va malakalarini egallashi lozim.
Ulug’bek bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoliyatiga yuqori baho beradi, ularni hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur deydi. Buning dalili sifatida “Zij” ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday deydi: “Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kechayu kunduz ishladik, o’z mo’ljallagan maqsadimizga yetguncha biz o’zimizga qadar yaratilgan jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab tuzatishlar kiritgach, o’n sakkiz yildan so’nggina o’z ko’zlagan niyatimizga yetdik”
Biz, asosan Davoniyning insonning haqiqiy kamolotga yetishida aqliy va axloqiy shakllanishi masalalariga to’xtalamiz. Avvalo, Davoniy va boshqa mutafakkirlarga ergashib o’zining axloqiy qarashlarini o’z salaflari kabi talqin etdi. Masalan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Miskaveyx, Nasriddin Tusiy, Ibn Sinolar kabi inson kamolotga erishishda adolat, donolik, shijoat singari yuksak fazilatlarga ega bo’lishi, hissiy bilim bilan bir qatorda narsa va hodisalarning mohiyatini idrok qilishni to’g’ri talqin etdi. Davoniy insonning kamolga erishishi uning boshqalar bilan munosabatiga ham bog’liq ekanligini ta’kidlaydi, jamiyatda, ma’lum ijtimoiy muhitda, boshqalar bilan aloqada shallanib tarbiya topgan inson o’zi yashagan jamiyatda adolat hukmron bo’lsa, unda baxt-saodatga erishishi mumkin, deydi. Shuning uchun u “Axloqi Jaloliy” asarida jamiyatni adolatli — fozil shaharga va johil shaharlarga bo’ladi. Forobiy kabi Davoniy ham fozil shahar boshqaruvchisida o’nta eng yaxshi fazilat mujassamlangan bo’lishi kerak, deydi. Bular: birinchisi — hukmdor odamlarni e’zozlashi; ikkinchisi — davlat ishlarini adolatli ijro etishi; uchinchisi — hirs va shahvatga berilmasligi; to’rtinchisi — hukmdorlikda shoshma-shosharlik va g’azabga yo’l qo’ymasligi, balki shafqat va muruvvatga asoslanishi; beshinchisi — xalqning ehtiyojini qondirish uchun xudoning irodasidan kelib chiqishi; oltinchidan — xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga harakat qilishi; yettinchisi — halqqa nisbatan odil bo’lishi; sakkizinchi — har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi; to’qqizinchisi — har bir kishini uning qobiliyatiga monand lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim bermaslikni; o’ninchisi — adolatli farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo’l qo’ymaslik kabilardir. Shuningdek, Devoniy hukmdorning diniy majburiyatlarga ham rioya etishi kerakligini ta’kidlagan. Ko’rinib turibdiki, adolatli shox timsoli Davoniy istagan axloqiy kamol topgan shaxsdir.
Dostları ilə paylaş: |