Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etish metodikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining asosiy maqsadlari quyidagilardir sanaladi
Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho‘milish) va quyosh vannalaridan foydalaniladi.
Tabiiy omillardan mujassam holda foydalanish bolalarda tashqi muhitning turli noxush ta’siriga (namhavo, yomg‘ir, shamol, qizish) nisbatan chidamlilikni hosil qiladi.
Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda juda samarali bo‘ladi: faol mushak ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuvi jarayoniga va bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi.