Maktabgacha ta`lim va tarbiya davlat standartining tarkibiy qismlari mundarija



Yüklə 94,67 Kb.
səhifə4/10
tarix22.12.2022
ölçüsü94,67 Kb.
#77287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MAKTABGACHA TA`LIM VA TARBIYA DAVLAT STANDARTINING TARKIBIY QISMLARI

Mavzuning qisqacha bayoni.Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim tashkilotsida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim tashkilotsi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim tashkilotsiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotsida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim tashkilotsiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim tashkilotsi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim tashkilotsida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.

Maktabgacha ta`lim tashkilotsini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim tashkilotsining mol-mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli ma`lumotlarni “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim tashkilotsi to’g’risida Nizom” dan olishinigiz mumkin.

Yüklə 94,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin