MAKTABGACHA TA`LIM VA TARBIYA DAVLAT STANDARTINING TARKIBIY QISMLARI
O’zbekistonda maktabgacha ta`lim tashkilot zamonaviy tizimi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi:
• Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi (mustaqil tashkilot yoki filial sifatida).
• Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab).
• Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim tashkilotlari.
• Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.
• Tibbiyot gigiyena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va protseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.
• Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).
Maktabgacha ta`lim tashkilotsining ish tartibi va u yerda bolalarning bo’lish davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga bo’lgan talablari, nizom, maktabgacha ta`lim tashkilotsi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta`sischilar tomonidan belgilanadi.
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim tashkilotlari tashkil qilingan bo’lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Maxsus maktabgacha ta`lim tashkilotsini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablag’lari, maxsus maktabgacha ta`lim tashkilotsida o’quv-ta`lim va sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta`lim tashkilotsining boshqaruvi haqidagi to’liq ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim tashkilotsi to’g’risidagi Nizom” da ko’rsatilgan.