II bob. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI
UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART – SHAROITLARI.
2.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar
asosida tarbiyalashning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari.
Qadriyatlar-harakat usuli, metodikasi va uning individual yetimga aylanishi
uchun shart-sharoit yaratish. Qadriyatlar inson ma’naviy kamolotining muhim
omili hamdir. Har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy hissa
qo‘shgan shaxslar ham milliy qadriyatlar jumlasiga kiradi.
Qadriyatlarga baho berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret tarixiy
sharoitlar, o‘sha davrlarga xos bo‘lgan imkoniyat va ehtiyojlarni ham bilmoq
kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o‘lchash mumkin bo‘lmaganidek,
har bir qadriyatning ijtimoiy ahamiyatini bilishga muayyan tarixiy sharoitlarni
hisobga olib yondashmoq kerak.
Qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyatini anglash kishilarning istiqbol vazifalarini
to‘g‘ri tasavvur qila bilish imkoniyati bilan ham bog‘liq. Jamiyat a’zolarida yetuk
ijtimoiy, milliy ong bo‘lishi, ma’naviy kamolotning yuksakligi qadriyatlarning
rivojlanish imkoniyatlarini kuchaytiruvchi, ijtimoiy va tarbiyaviy samaradorligini
oshiruvchi omildir.
Qadriyat va meros tushunchalari o‘zaro yaqin bo‘lsa ham ular bir xil ma’noni
bildirmaydi.
Qadriyat va meros bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lishiga qaramay, har qanday
meros qadriyat bo‘la olmaydi. Meros tushunchasining mohiyati qadriyatga
nisbatan kengdir. Bundan tashqari, qadriyat faqat o‘tmishdan qolgan merosgina
emas. Hozirgi kun talablari, yangi sharoit va imkoniyatlar asosida shaklla-nayotgan
ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy hodisalar ham qadriyat hisoblanadi.
Hozir O‘zbekistonda milliy istiqlol mafkurasini rivojlantirish uchun katta
ishlar olib borilmoqda. Taraqqiyotning hozirgi vazifalari va millat manfaatlariga
mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkurani yaratishda o‘tmish
merosidan unumli foydalanilsa ham u yangi davrda shakllangan qadriyat sifatida
yuzaga kemoqda.
Meros - o‘tgan avlodlar tomonidan yaratilgan, bizgacha yetib kelgan ijtimoiy-
ma’naviy, moddiy hodisalar, madaniy boyliklar, urf-odatlar, marosimlar, axloq
normalaridir. Meros taraqqiyot uchun ham zarur omil bo‘lgandagina, qadriyat
darajasiga ko‘tarila oladi.
Meros bilan qadriyatlarni baholash mezonlari bir-biridan farq qiladi. Moddiy
va ma’naviy merosni baholashda uning tarixiy shakllanishi sharoitlari va
imkoniyatlarini o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Merosning hozirgi kun uchun
ham bo‘lgan ahamiyatini bilish uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir.
Qadriyat turlari.
Qadriyatlar mohiyati jihatidan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga bo‘linadi.
Inson kuchi, aqli-zakovati bilan yaratilgan tabiat go‘zalliklari, arxitektura, san’at
va madaniyat asarlari - barchasi moddiy, ya’ni noosfera qadriyatlar jumlasiga
kiradi. Axloq odob, bilim, ilm, malaka, iymon, insof, e’tiqod va boshqalar
ma’naviy qadriyatlar. Moddiy va ma’naviy qadriyatlar bir-biri bilan bog‘liqdir.
Ular o‘z navbatida, quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar.
Qadriyatlarning bu turiga iqlim sharoiti, tabiat go‘zalliklari, milliy-davlat
ahamiyatiga molik bo‘lgan qo‘riqxonalar, tabiatning inson yashashi, mehnat qilishi
uchun zarur bo‘lgan sharoit va imkoniyatlari kiradi. Tabiiy muhit sharoiti va
imkoniyatlari ham inson ehtiyojlari, yashash imkoniyatlari bilan taqozolangan
taqdirdagina qadriyat, deb baholanadi. Shu ma’noda olib qaraganda, tabiat
sharoitlarini qadriyat deb qarash unga ma’lum maqsad va manfaat asosida
yondashayotgan inson tomonidan berilgan bahodir. Tabiatning inson manfaati
asosida o‘zlashtirilgan, o‘zgartirilgan qismi ham qadriyatdir.
2. An’analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo‘ladigan axloqiy
qadriyatlar.
Bu qadriyatlar asosan obyektiv taraqkiyot va subyektiv ruhiyatning ifodasi
bo‘lib kishilarning o‘zaro munosabatlarida, turmush tarzi va faoliyatida, yurish-
turishida, axloqi va odobida ko‘zga tashlanadi. Axloq, insonning ichki ruhiy
e’tiqodi, odob esa uning amalda namoyon bo‘lishidir. Turli urf-odatlar, marosimlar
kishilarning kundalik turmush tarzida, axloqiy qadriyatlar esa ularning yurish-
turishi, o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Ma’naviy kamolotni o‘zida
mujassamlashtirgan inson ham oliy qadriyat hisoblanadi.
3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat
malakalari va ko‘nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida
namoyon bo‘ladigan qadriyatlar.
Bu qadriyatlar insonning mehnat malakalari, ijtimoiy qiziqishlari, mehnat
mahsuloti turlarini yaratish sohasidagi amaliy imkoniyatlari, bilimi, iste’dodi va
qobiliyatlaridir. Rassom qo‘linda qalam ushlagani uchun emas, balki tajribada
shaklangan bilim va iste’dod egasi bo‘lgani uchun ham buyuk san’at asarlarini
yarata oladi.
4. Odamlar o‘rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka
asoslangan munosabatlarda namoyon bo‘layotgan qadriyatlar.
5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan
qadriyatlar.
Albatta, qadriyatlarning bu turkumini alohida ajratib olib qaramasa ham
bo‘ladi. Lekin inson hayotining turli davrlari, faoliyat sohalariga nazar tashlar
ekanmiz, bu sohalarda ham e’tiborga sazovor bo‘lgan qadriyatlar va ularning
mezonlari borligini ko‘ramiz.
Yoshlar va keksalar, erkaklar va ayollar, turli kasb egalari uchun xos bo‘lgan
qadriyatlar ham mohiyati jihatidan jamiyat va inson kamoloti uchun xizmat
qiladigan ma’naviyatdir.
Yuqorida bayon etilgan qadriyatlar, o‘z navbatida, umuminsoniy, mintaqaviy,
milliy, diniy qadriyatlarga bo‘linadi.
Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha
bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog‘langanligining ifodasidir.
Umuminsoniy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas.
Davrlar o‘tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni,
baholash mezonlari ham o‘zgarib boradi. Lekin bu o‘zgarishlardan qat’iy nazar,
umuminsoniy qadriyatlar odamlarni jipslashtiruvchi, ma’lum maqsadlar, ijtimoiy,
ma’naviy kamolotning muayyan yo‘llari uchun birgalashib kurashishga, harakat
qilishga chorlovchi ijtimoiy hodisalardir. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar,
xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik vositasini o‘tab, odamlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi,
hamjihatlik va hamkorlikka chorlovchi kuch vazifasini o‘taydi. Ma’naviyat
borasida ham umuminsoniy qadriyatlar barcha xalqlarning madaniyatini
yaqinlashtiradi va ularni tezroq kamol topishga imkon yaratib beradi.
Umuminsoniy qadriyatlar inson ma’naviy, ijtimoiy kamolotining qandaydir
alohida, boshqalardan ajralgan tomoni emas. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va
mintaqaviy qadriyatlarning umumlashgan ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar
butun insoniyatga xos qadriyatlar asosida tashkil topadi va rivojlanadi, ular ayni
vaqtda barcha milliy qadriyatlarning bir-biriga yaqinlashishi va rivojlanishiga ham
xizmat qiladi.
Insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma
yerda barqaror bo‘lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo‘l
kuymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo‘lgan kurashlarini
himoya qilish, kishilarni do‘stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma
yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat kalish, atrof-muhitni toza
saqlash umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan
jihatlaridir.
Bu qadriyatlar butun insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan fan, texnika,
madaniyat, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirish borasidagi yangi
jihatlar, demokratiya, qonunchilik, adolatni barqarorlash-tirish borasidagi
yutuqlardan ham iborat bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish respublikamizni
jahondagi rivojlangan davlatlardan biriga aylantirish ishiga ham xizmat qiladi. Bu
borada biror chekinishlarga, milliy mahdudlik va kalondimog‘likka yo‘l qo‘yish
nihoyatda katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar
mahalliy sharoit, imkoniyatlar, tarixiy an’analar bilan bog‘langandagina kerakli
samara beradi.
Mintaqaviy qadriyatlar ham umuminsoniy qadriyatlar bilan chambarchas
bog‘langan.
Qadriyatlarning bu turkumi bir-biriga yaqin bo‘lgan sharoitlarda yashagan va
mehnat qilgan, tarixi tutash bo‘lgan mamlakatlar va xalqlarda uchraydi. Bu
qadriyatlar hozirgi kunda ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
O‘rta Osiyo xalqlari ming yillar davomida bir-biri bilan yaqindan iqtisodiy va
siyosiy aloqalar o‘rnatganlar. Ularning turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini,
urf-odatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi ko‘plab umummintaqaviy qadriyatlar
shakllanishiga olib kelgan. Bu qadriyatlar turli joylarda bir-biridan biroz farq
qilsada, mohiyat jihatidan yaqindir. Mehmondo‘stlik, bolajonlik, yaqin qo‘ni-
qo‘shnichilik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug‘lar,
do‘stlar bilan yaqin aloqada bo‘lish, sahiylik, halol bilan haromni farqlash O‘rta
Osiyo xalqlarining hammasiga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlardir. Garchand
mehmondo‘stlik bilan bog‘liq udumlar mintaqamizning hamma yerida keng
tarqalgan yaxshi an’ana bo‘lsa ham ular turli joylarda bir-biridan farq qiladi.
Keksalarni, ota-onani hurmat qilish ham O‘rta Osiyo xalqlarining o‘ziga xos
yuksak ma’naviy boyligidir.
Keksalar ko‘pni ko‘rgan, aql va idrok bilan har ishda maslahat bera oladigan,
yoshlarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan kishilardir. Keksalarni hurmat
qilish, ulardan saboq olish, hayot tajribasini o‘rganish ma’naviy kamolot uchun
yangi imkoniyatlar izlashga harakat qilishdir. Ota-onani hurmat qilish, ularning
gapiga, pand nasihatiga quloq solish ham katta ma’naviy qadriyatdir. Ota-ona hech
vaqt o‘z farzandiga yomonlik ravo ko‘rmaydi. Ular hayotda ko‘p og‘irlik,
yengilliklarni ko‘rgani sababli, farzandlarining istiqbolini ham ulardan ko‘ra
ko‘proq o‘ylaydilar, Ba’zan ota-onalarning nasihatlari noqobil farzandlarga
og‘irroq tuyuladi. Bu hayotni bilmaslik, hayotning turli jarayonlariga yengil-yelpi
qarashning oqibatidir. Farzandlar ota-onaning qadrini o‘zlari ota-ona bo‘lganidan
keyingina fahmlab oladilar. Bu davr ichida ular ma’naviy kamolotning ko‘p
imkoniyatlarini qo‘ldan boy berib qo‘yadilar. Shuning uchun ulkan ma’naviy
qadriyat bo‘lmish ota-onani hurmat qilish odatini aslo unutmaslik kerak.
Ota-onaga bo‘lgan hurmat dunyodagi barcha xalqlarda uchraydi. Lekin
bizning mintaqamizda bu qadriyatni e’zozlash boshqa hamma joylardagiga
nisbatan ustunroq turadi. Hashar yo‘li bilan uy-joy qurishda, uy joylarni
ta’mirlashda bir-biriga yordam ko‘rsatish, yetim-yesirlarning, beva-bechoralarning
peshonasini silash, ularni qarindosh-urug‘lar o‘z himoyasiga olib, xoru zor bo‘lib
qolishiga yo‘l qo‘ymasligi ham mintaqamiz xalqlarining barchasiga xos
qadriyatdir.
Katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqaviy qadriyat-
lardan yana biri - jamoatchilik fikridir. Jamoatchilik fikri odamlar o‘rtasidagi bir-
biriga yaqinlik, o‘zaro hurmatning ifodasi bo‘lib, keng foydalanish mumkin
bo‘lgan qadriyatdir.
Qadriyatlarning eng muhim turlaridan yana biri - milliy qadriyatlardir.
Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birlikda
mavjud bo‘ladi. Umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar milliy qadriyatlarning
ko‘p tomonlarini o‘z ichiga oladi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy
qadriyatlar ta’sirida keng rivojlanish, takomillashish imkoniga ega bo‘ladi. Ular
o‘rtasidagi muntazam davom etib boradigan dialektik munosabat jahon
sivilizatsiyasi rivojlanishining muhim omillaridan biridir.
Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi har bir millat-ning o‘ziga
xos tarixi, tili, madaniyati, axloqiy va psixologik fazilatlari, yashash sharoiti,
turmush tarzi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘langandir. Milliy qadriyatlarning
har bir ko‘rinishini uzoq tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur
o‘rganish orqaligina to‘g‘ri tushunib olish mumkin.
Millat mavjud ekan milliy qadriyatlarning ahamiyati aslo kamaymaydi.
Millatlarning ma’naviyat jihatidan bir-biriga yaqinlashib borishi ham milliy
qadriyatlarning rivojlanish va amal qilish imkoniyatlarini kamaytirmaydi, balki
kengaytiradi. Umuman olib qaraganimizda, milliy qadriyatlar har bir millatning
mohiyatini, uning muayyan mustaqil ijtimoiy etnik birlik ekanini belgilab beruvchi
asosiy mezonlardan biridir.
Har bir millat o‘z qadriyatlarini rivojlantirishi va ularga amal qilishida milliy
ong, milliy birdamlik tuyg‘usining ahamiyati kattadir. Milliy ruhiyat va
ma’naviyatdan mahrum bo‘lgan kishilardagina o‘z tili, tarixi, an’analariga
nigilistik munosabatda bo‘lishi mumkin. Agar shunday ahvol ma’lum siyosat
ta’sirida kengayib borsa, millat birligi va kamoloti uchun nihoyatda xatarli bir hol
yuzaga keladi.
Albatta, har bir xalq o‘z milliy qadriyatlari qobig‘idagina o‘ralib qolmasligi
kerak. Bunday yo‘ldan borilganida millatning taraqqiyoti sur’atlari pasayadi.
Milliy mahdudlik va milliy kalondimog‘lik hech vaqt ma’naviy, ijtimoiy
kamolot omili bo‘lgan emas. Boshqa millatlarning qadriyatlarini o‘rganish hamma
vaqt ham taraqqiyotning omillaridan biri bo‘lib kelgan.
Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko‘rsatmasin, har bir millat
uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo‘li va mezoni milliy qadriyatlar bo‘lib
qoladi. Biron millatning yaxshi urf odatlari, marosimlari qachonki boshqa millat
ruhiga, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu millat
hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo‘ladi.
Xalqlarga yangi ma’naviy qadriyatlarni singdirish uchun avval, ularga
nisbatan ehtiyoj tug‘dirmoq kerak. Ma’naviy ehtiyojsiz, tarixiy an’analarni
e’tiborga olmay singdirilmoqchi bo‘lgan qadriyatlar millatning hayotida ma’lum
o‘rin olsa ham, uning ruhiyatiga singmaydi, binobarin qalbidan o‘rin olmaydi.
Har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy
ma’naviyati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Milliy qadriyatlar ham qandaydir o‘zgarmas hodisa emas. Millat taraqqiyoti
bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi,
yashash va mehnat qilish sharoitlari o‘zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham
rivojlanib borishiga imkon yaratiladi.
Umuminsoniy, mintaqaviy, milliy qadriyatlar bilan bir qatorda, diniy
qadriyatlar ham mavjuddir.
Diniy qadriyatlar ham jamiyatning ma’lum tarixiy davr va sharoitlardagi
talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Diniy qadriyatlar umuminsoniy, mintaqaviy qadriyatlarning qandaydir
alohida, boshqalardan keskin ajralib turuvchi sohasi emas.
Ma’lumki, har qanday din ham hayot talablari, turmush sharoiti va
ehtiyojlaridan ajralgan holda paydo bo‘lmagan. Barcha dinlarning kelib chiqishiga
ma’lum tarixiy davrlardagi ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy sharoitlar, ular bilan
bog‘langan ehtiyojlar sabab bo‘lgan.
Dinlarning kelib chiqishiga asos bo‘lgan sabablarni ijtimoiy hayotning
o‘zidan izlamoq kerak. Real hayot voqealari, ehtiyojlari ilohiylashtirilganida,
mohiyati, sodir bo‘lishi sabablari ilohiy kuchlarning irodasi bilan
bog‘langandagina diniy tus oladi.
Islom dini shakllanayotgan davrda Muhammad alayhissalom arab qabilalari
orasida keng tarqalgan ko‘plab urf-odatlar, marosimlar, axloqiy va huquqiy
normalarga ilohiy tus berib, ularni yangi dinning ajralmas qismiga aylantirdi.
Arablarning yurish-turishi, odobi va axloqi, oilaviy va qabilaviy munosabatlari
borasidagi ko‘plab qadriyatlari islom dinining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi.
Sha’riy hukmlarga kirgan axloq va odob, halollik, insonparvarlik, mehr-
oqibat, do‘stlik, birodarlik haqidagi ko‘plab g‘oyalar islom dinidan oldin ham
qadriyatlar sifatida saqlanib kelgan edi. Bu qadriyatlar islom dinining tarkibiy
qismiga aylanib, ularga rioya qilmaslik jamiyat oldidagina emas, balki xudo
oldidagi gunoh sifatida talqin etila boshlangan. Natijada islom dini bilan bog‘liq
bo‘lgan bu qadriyatlarga ham rioya qilishlik mas’uliyati kuchayadi. Din muqaddas,
deb e’tirof qilgan qadriyatlarni tan olmaslik, yoki ularga rioya qilmaslik gunoh,
do‘zax singari tushunchachar bilan bog‘landi. Shunday qilib, diniy tus olgan
hayotiy qadriyatlarga rioya qilishning zaruriyati ham kuchaydi.
X U L O S A
Xulosa qilib shuni aytish mumkinkiy O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-ma’naviy islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarish keskin rivojlanib borayotganligi - jamiyat talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga ko‘ndalang qo‘ymoqda. Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson qalbini kichiklikdan boshlab yaxshilik, olijanoblik, insonparvarlik, odamgarchilik, aql-idrokli bo‘lish, odob-axloqlilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, so‘zamollik, xushso‘zlilik, ilmli bo‘lish kabi oliyjanob hislatlar bilan boyitish inson kamolotining me’yori bo‘lib kelgan, chunki komil insonning manaviyati yuksak bo‘ladi, yuksak manaviyatga ega bo‘lgan kishi esa o‘z xalqining o‘tmish tarixi, urf-odati, qadriyati va an’analari, madaniyatini chuqur biladi, unga rioya qiladi. E’tirof etish joizki, ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu sababli, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida bolalarni estetik tarbiyasi o‘ziga xos yo‘nalish sifatida qabul qilingan. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda qo‘g‘irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish − bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-hissiy rivojlanishida tasviriy faoliyatning o‘rni katta. Ayniqsa, qo‘g‘irchoq teatri maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy estetik va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash vositasi sifatida qaralayotganligi bugungi kunda ko‘pchilik MTM tarbiyachi –pedagoglariga ham ayon.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Qodirova.F.R, Toshpolatova.Sh.Q, Kayumova N.M, Agzamova.M.N «Maktabgacha pedagogika » T.: Tafakkur bo`stoni 2019y.
2. Sadiqova.Sh.A «Maktabgacha pedagogika » T.: Tafakkur bo`stoni 2013y.
3. N.Qayumova «Maktabgacha pedagogika » TDPU, 2013
4. O’zbekiston Respulikasi Maktabgacha Ta’lim tashkilotlari uchun “Ilq qadam ” davlat o’quv dasturi T. 2022
5. P.YUsupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. T., 2018 y.
6. M. Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. T., 2010 y.
7. N. Djamilova va O.U.Xasanboeva “Pedagogika fanlarini o'qitish metodikasi” T., 2009y
Elektron ta'lim resurslari
1.www. tdpu. Uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped
Dostları ilə paylaş: |