Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam beradi, buning asosida roli uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, Shu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi.
Faoliyat – kishining moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma’lum bir maqsad sari qiladigan xatti-harakatlar majmuasidir.
Faoliyat – insonni belgilangan (rejalashtirilgan) maqsadga erishishdir. Faoliyat – bir narsani aniqlash uchun biror narsa qilish xohishi (jarayoni).
Bolaning faoliyatdagi faol mavqei uni faqat tarbiya ob’ektiga emas, shu bilan birga tarbiya sub’ektiga ham aylantirdi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetakchilik rolini belgilaydi
Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-tarixiy tabiati har bir yosh avlodga ob’ektiv ravishda berilgan bo‘ladi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san’atda, axloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg‘otib, yangi hulk-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi