Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko‘zi ojiz va kar bolalar uchun mo‘ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa aniq namoyon buladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi.
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko‘zi ojiz va kar bolalar uchun mo‘ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa aniq namoyon buladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi.
Biroq tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi uning biror tomonining ruhiy rivojlanishini sun’iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. Shuning uchun maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg‘un rivojlantirish, uning rivojlanishini boyitish maqsadi o‘rtaga qo‘yiladi (A. V. Zaporojes).
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli pedagogning ham yetakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas’uliyatini qaror toptiradi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko pedagogning roli va mas’uliyatini ta’kidlab shunday yozgan edi:
«Tarbiyaviy ta’sirning g‘oyat qudratli ta’sir ko‘rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo‘lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo‘lsa, buning uchun u tarbiyadan, o‘z bolaligidan karzdordir».
Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning roli
Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam beradi, buning asosida roli uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, Shu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi.
Faoliyat – kishining moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma’lum bir maqsad sari qiladigan xatti-harakatlar majmuasidir.