Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasi va rivojlanishi


SHAXSNING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə2/5
tarix24.09.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#64058
1   2   3   4   5
4-Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasi

SHAXSNING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.

  • Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro‘y beradi, inson tarbiyasi uning xalq baxt-saodati yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy vazifalarini hal etishda namoyon bo‘ladi.
  • Shaxsni shakllan-tiruvchi omillar:
  • irsiyat nishonalari
  • ijtimoiy muhit
  • tarbiya

BOLA SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA TARBIYANING ROLI

  • Tarbiya – inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya – aniq maqsadlarga ko‘zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo‘lida tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta’sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.
        • Tarbiya ta’sirida muhit ta’siri bera olmagan fazilatlar o‘zlashtiriladi, ya’ni bilim, ma’lumot egallanadi.
        • Tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko‘rlar, gunglar ham o‘qitilib, sog‘lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.
        • Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini bartaraf etish mumkin.
        • Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko‘zi ojiz va kar bolalar uchun mo‘ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa aniq namoyon buladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi.

  • Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko‘zi ojiz va kar bolalar uchun mo‘ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa aniq namoyon buladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi.
  • Biroq tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi uning biror tomonining ruhiy rivojlanishini sun’iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. Shuning uchun maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg‘un rivojlantirish, uning rivojlanishini boyitish maqsadi o‘rtaga qo‘yiladi (A. V. Zaporojes).
  • Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli pedagogning ham yetakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas’uliyatini qaror toptiradi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko pedagogning roli va mas’uliyatini ta’kidlab shunday yozgan edi:
  • «Tarbiyaviy ta’sirning g‘oyat qudratli ta’sir ko‘rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo‘lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo‘lsa, buning uchun u tarbiyadan, o‘z bolaligidan karzdordir».

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin