Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə91/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Moliyaviy reja - bu biznes-rejaning yakunlovchi bo’limidir. Unda korxona faoliyatini moliyaviy ta’minlash hamda mavjud pul mablag’laridan joriy moliyaviy axborot va mahsulotni sotish bashoratlari asosida eng samarali foydalanish masalalari ko’rib chiqiladi. Aynan shu bo’limdan investor yoki bankir olish mumkin bo’lgan foyda miqdorini, qarz beruvchi esa potentsial qarz oluvchining o’z qarzini qaytarish uchun imkoniyatlarini bilib olishi mumkin.
Moliyaviy reja biznes-rejaning boshqa bo’limlarida keltirilgan ma’lumotlarga zid kelmasligi lozim. Undagi nomutanosibliklar moliyachi mutaxassislarning malakasi kamligidan yoki insofsizligidan darak beradi. Sifatsiz tayyorlangan moliyaviy reja noto’g’ri xulosa chiqarishga va korxona nufuzini pasaytirishga olib kelishi mumkin.
Moliyaviy rejada moliyaviy resurslar (kapital) qachon, qayerda va nima maqsadda sarflanishi, biznesning muvaffaqiyatga erishishi uchun korxona oldida turgan maqsadlar batafsil yoritib beriladi. Boshqacha qilib aytganda, nafaqat xarajatlar, balki daromadlar va boshqa moliyaviy tushumlar ham ko’rsatiladi. Ko’ngildagidek tayyorlangan moliyaviy rejadan korxona zahiralarini baholash va jalb qilish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun foydalanish mumkin.
Moliyaviy rejaning shunga o’xshash an’anaviy rejalardan farqi shundaki, u bozordagi vaziyatni to’laligicha, xususan, fond bozoridagi vaziyatni ham hisobga olishni majburiy qilib qo’ygan. Moliyaviy muhit to’g’risidagi to’liq axborotning mavjudligi biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim zamin tayyorlaydi. Biroq, ayrim axborotlar yetishmayotgan, bozor to’liq o’rganib chiqilmagan, ishlab chiqarish masalalarining ba’zilari oxirigacha ishlab chiqilmagan bo’lsa ham, biznes-rejaning ushbu bo’limi baribir tuzilishi lozim. Bunda eng katta ma’no moliyaviy ko’rsatkichlarda bo’lib, ular korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi va bir vaqtning o’zida investitsiya, tashkiliy va texnik qarorlar qabul qilishda foydali bo’ladi.
Moliyaviy reja biznes-reja bilan bir xil muddatga ishlab chiqiladi. Mavjud tavsiyalarga ko’ra uni 3-5 yilga ishlab chiqish ma’qul. Bunda dastlabki yil uchun rejadagi ko’rsatkichlarni oylar bo’yicha, ikkinchi yil uchun choraklar bo’yicha va keyingi davr uchun yillar bo’yicha guruhlarga taqsimlash maqsadga muvofiq. Masalan, xorijiy amaliyotda biznesning birinchi yili (yangi korxona ochilishi) uchun moliyaviy reja ko’rsatkichlari oylar bo’yicha va har bir modda bo’yicha taqsimlanadi. Keyingi yillarda bu ko’rsatkichlar yil davomida mahsulotni sotish hajmi foizlarida aniqlanadi. Bunday rejaning umumiy sxemasi quyida shaklda bo’lishi mumkin:
Bir yilda sotuv hajmi–100%, jumladan:
ishlab chiqarish xarajatlari – 50%
davr xarajatlari va foyda – 50%
shundan:
a)marketing va sotuv xarajatlari – 15%
b)joriy qilish xarajatlari – 10%
v) boshqaruv xarajatlari – 8%
g) soliqlar to’lanmasdan oldingi foyda – 17%
Moliyaviy rejaning asosini tashkil etuvchi qismlardan biri korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilishdir. Korxonaning moliyaviy iqtisodiy holatini baholashda korxonaning moliyaviy holati ko’rsatkichlarini tahlil qilish tavsiya qilinadi.
Tahlil korxonaning moliyaviy hisoblari asosida oxirgi uch yildagi moliyaviy ko’rsatkichlardan foydalangan holda amalga oshiriladi Har bir sohani boshqarishda avvalambor, printsip-tamoyil, mеtod-usul, odil-boshqarish uslublarini bilishmiz kеrak.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin