2.O`zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limni vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari. Menejment (boshqaruv) fani – bu rahbarlarga boshqaruv faoliyatini to’g’ri amalga oshirish, xodimlar faoliyatini samarali boshqarish va muvofiqlashtirishda, shuningdek korxona va muasssasa oldiga qo’yilgan maqsadlarga hamda ko’zlangan natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etuvchi qarorlarni qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilishni o’rgatuvchi fan bo’lib, bajarilishini nazorat va tahlil qilishni o’rgatuvchi fan bo’lib, uning asosiy maqsadi zamonaviy ijtimoiy iqtisodiy shart –sharoitlarda boshqaruvning barcha bo’g’inlarida samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iboratdir.
Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va hayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg’armalar, shuningdek tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat.
1) ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterga ega ekani;
2) ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
3) o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’lim yo’nalishini akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyorliligi;
4) ta’lim tizimining dunyoviyligi;
5) Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga ega ekani;
6) ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;
7) har bir shaxsning bilim olishga iste’dodini rivojlantirishni rag’batlantirilishi;
8) ta’lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvining o‘zaro uyg‘unligi.
Bu ustuvor tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishda quyidagi omillar alohida ahamiyat kasb etadi.
1) demokratik-xalqparvarlik asosida boshqaruv. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Xalq ta’limi tibbiy-gigienik profilaktik va sog‘lomlashtirish tizimiga doir qonun hujjatlari asosida ishlarni tashkil etish.
2) yakkaboshchilik tamoyili - ma’lum maqsadga qaratilgan ish usuli bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, aralash tusdagi bolalar bog’chasi (uning tarkibiga yillik ish rejasini to’liq bajarishga qaratiladi;
3) hamkorlik tamoyili — barcha masalalarni jamoa a’zolari bilan birgalikda hal etishni nazarda tutadi;
4 ) aniqlik tamoyili- pedagogik metodik va xo‘jalik ishlarini aniq maqsadga qaratilgan holda aniq, puxta tashkil qilish va bajarilishini tahlil qilish;
5) xo‘jalikni boshqarish tamoyili - ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish asosida smetadagi mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash, uning bandlarini o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni olib borish;
6) tanqid va o‘z-o‘zini tanqid - rahbar va har bir xodimning o‘z ishiga talabchanlik bilan yondoshishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlariga tanqidiy munosabat;
7) farqlash tamoyili -ishdagi ijobiy va salbiy jihatlarni va ilg‘or ish tajribalarini ko‘ra olish;
8) yangilikni his qila olish tamoyili - o‘z ustida tinimsiz ishlash asosida ta’lim sohasidagi o‘zgarish va yangiliklardan xabardor bo‘lish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ilg‘or pedagogik texnologiyalarini o‘zlashtirish va ish faoliyatida qo‘llay olish.