Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Maktabgacha ta’lim bo‘yicha asosiy ish hujjatlari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə3/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Maktabgacha ta’lim bo‘yicha asosiy ish hujjatlari:

  1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi.

  2. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi

  3. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”

  5. Maktabgacha ta’lim sohasida chiqarilgan farmonlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, boshqa direktiv va me’yoriy hujjatlar.

3.Maktabgacha ta’limni rivojlantirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirish.
Maktabgacha ta’limning ustuvor vazifalari
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish zarur:
- yuqori malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni tayyorlash;
- maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
- bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik - pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
- zamonaviy o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoqlar va o’yinlar yaratish hamda ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;
— bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
— maktabgacha ta’lim tashkilotlarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo’yicha malakali maslahat ko’rsatish imkoniyatini yaratish;
— maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish tashkilotlari tarmog’ini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin