Maktabgacha ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat: — bolalar hayotini muhofaza etish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
— bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishini rivojlantirish;
— bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
— bola rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish:
— bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
— bolalarni jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan maktabda o’qishga tayyorlash
Maktabgacha ta’lim tiziminining taraqqiyoti uchun barcha vazifalarning izchillik bilan bajarilishi sohaning yuksalishi poydevori bo’lib xizmat qiladi.
Ta’lim menejmentining asosiy maqsadi:ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ta’lim tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etiladigan ta’lim – tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishda, tashkilot oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish va raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda ta’lim tarbiya jarayoni ishtirokchilari bo’lgan rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning munosabatlari va faoliyatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali boshqarishni ta’minlashdan iborat. Menejment (boshqaruv) fan sifatida o’z maqsadiga ko’ra quyidagilarni o’rganadi:
Ma’muriy menejment boshqarishning maxsus qismi bo’lib, boshqaruvchi tizim ichidagi munosabatlarni, uning rivojlanish qonuniyatlari, tamoillari, usul va uslublarini o’rganadi, ya’ni turli soha tashkilotlari ma’muriyati faoliyatlarini tashkil etish, rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, motivatsiya qilish (undash) hamda rahbarlikni oqilona uyushtirish usullarini o’rganadi.
Ta’lim menejmenti fani ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv faoliyati, boshqaruv mas’uliyati va madaniyati, boshqaruv funksiyalari va metodlari, boshqarishning qonun - qoidalari va tamoillari, rahbar va lider fazilatlari, ta’lim tashkiloti rahbarlarining innovatsion faoliyatlari, boshqaruvda tarbiyaviy munosabatlar va rahbarlik uslublari, ta’lim tashkilotlarining tashkiliy tuzilishi, strategik boshqaruv va rejalashtirish, rahbarning ish vaqti va undan foydalanish, ta’lim tashkilotlarini boshqarishda motivlashtirish va motivlashtirish nazariyalarini tadqiq etadi.