Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə8/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Uslubiy tamoyillar:
-o'qitish maqsadlarining o'zaro qaramlik va bog'liqlik ta'moyili;
-qayta shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ta'lim tamoyili;
-ta’limning syujetli vaziyatli bog'liqlik tamoyili.
Ta’lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tatbiq etishda quyidagi ta'lim maqsadlari muhim hisoblanadi.
Ta’limiy maqsad - bola ta'lim jarayonida o'zining aqliy ehtiyojlarini qondirib, uni o'rab turgan haqiqatni anglab boradi. Aqliy ehtiyojlarining mazmuni maktabgacha davrning turli yosh bosqichlarida o'zgarib, takomillashib boradi. Aqliy ehtiyojlarini qondira borib, bola hayotiy vaziyatlardagi muloqot jarayonida va turli faoliyatlarda til vositalarini qo'llash malakalarini egallaydi. Bu jarayon barcha mashg'ulot turlarida amalga oshiriladi. Mos keluvchi (adekvat) ifoda etish vositalarini izlash bolada aqliy faollikni, qiziquvchanlikni, tashabbuskorlikni kuchaytiradi, aqliy qiziqishlarini rivojlantiradi.
Ta’limning tarbiyaviy maqsadi - bola ehtiyojlarini tarbiyalash, pedagogik nuqtayi - nazarni tatbiq etish (kattalar tomonidan boshqarilayotgan jamoaviy faoliyatga bola tomonidan o'zining shaxsiy kechinmalari orqali "axloqiy bosqichlar"ni bosib o'tish yo'li).
Tarbiyaviy maqsadning mazmuni shundaki, bolaga axloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga hissiy-baholovchi munosabat shakllanadi. Ta'limning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadlari o'qitishning munosib vosita, usul va uslub- larni tanlash sharti bilan tatbiq etiluvchi va uslubiy tamoyillarni belgilochi asosiy faktor bo'lib xizmat qiladi.
Har bir xususiy uslub o'zining mashqlar tizimini yaratib, shu tariqa uslubiy tamoyillar va turli vosita va uslublar asosida qurilgan o'qitishning uslubiy modeli katta shakllantiruvchi ta'lim texnologiyasini tashkil etish uchun hisoblanadi.
Didaktik va uslubiy modellar birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta'lim jarayonini tashkil etishning yo'naltiruvchi asosi bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi-bolani maktab ta'limiga tayyorgarlik ko'rsatkichlarini:
-Jismoniy tayyorgalik (bola rivojlanishining fiziologik darajasi);
-Psixologik tayyorgarlik (bola shaxsi tarkibining hissiy, mental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi);
-Ijtimoiy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jihatdan ijtimoiy rivojlanish darajasi).
Maktabgacha ta'limda shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rsatkichlarni belgilashda uch soha inobatga olinadi: bolalar-shaxs, faoliyat va refleksiv.
Shaxs sifatida tayyorgarlik - bu pedagogik tafakkur (gnoseolik, ya'ni aqliy qobiliyatlar-ilmiy ma’lumotlarni farqlash malakaviy1, amaliy faoliyatga ilmiy bilimlarni to'g'ri qo'llash, pedagogik vazifalarni malakali hal etish”, pedagogik maqsadni belgilash1 (tashkilotchilik qobiliyatlari-o'qitish va takrorlash uchun optimal sharoit yaratish malakalari, mashg'ulotning kerakli usullarini tanlash, vaqtni to'g'ri taqsimlash, o'quv jarayonini kompyuter innovatsion jihozlari bilan ta’minlash; o'z mehnatini tashkillashtirishdir.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin