Refleksiv tayyorgarlik-pedagogik refleksiya (refleksiv qobiliyatlar sezgirlikning 3 tizimni o'z ichiga oladi: obyektiv his etish, real haqiqiy bolalarda qanday aks-sado berayotgani- ga, bolalarning qiziqish va ehtiyojlari qay darajada namoyon bo'lishiga, ularning pedagogik tizim talablariga mos kelishiga, pedagogning alohida sezgirligi; me’yorni his etish va takt turli pedagogik ta’sir ko'rsatish vositalari ta’sirida bola shaxsiga va faoliyatida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, daxldorlik va javobgarlik hissi va sezgirligi bilan ta'riflanadi.
Demak, yuqorida belgilab berilgan tayyorgarlik jarayonlari ta'lim jarayonlarini yaxlit subyektining rivojlanishini amalga oshirilishidan dalolat beradi.
3.Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi - tashkiliy uslubiy jihatdan quyidagi:
Pedagog kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini zamonaviy tashkil etish;
Respublika bo'yicha maktabgacha ta’limni dasturiy-uslubiy ta’minlash;
Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo'llash samaradorligiga erishish vazifalarini o'z oldiga qo'yadi.
Maktabgacha ta'lim tizimining qayta tashkil etilishi - bu, avvalambor, maktabgacha ta'lim tashkilotsiga ko'proq mos keluvchi tartibni yaratishdir. Ya’ni, maktabgacha ta'lim tashkilotsi bola ta’lim-tarbiyasida davlatning asosiy talablarini qondira oladigan tashkilot sifatida qabul qilinishi kerak. Bu bo'limda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini bolalar bilan rejali to'ldirish ishlari nazarda tutilgan bo'lib, turli yosh guruhlarida 10-12 ta bola ilk yosh guruhida 6-8 ta bola, 3-dan 5 yoshgacha bo'lgan guruhlarda 8-10 ta bola, 5dan 6 yoshgacha 10-12 ta bola bilan to'ldirilishi, belgilangan me'yordan oshib ketmaslik talab etiladi. 1.Bolalarning yoshi, psixologik rivojlanish xususiyatlarni inobatga olib; 2.Ijtimoiy, shaxsiy va demografik (jinsi yosh) ni hisobga olib. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bolaning o'sishi vaijtimoiy pedagogik xizmat - ijtimoiy pedagogik qo'llab- quvvatlash, bola huquq va qiziqishlarini himoya qilish, bola tarbiyasida oila yordam ko'rsatish, sog'lom turmush tarzini tarkib toptirish, mahalliy boshqaruv idoralari, manfaatdor tashkilotlar, tashkilotlar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik o'rnatish belgilanadi. O'zbekiston Respublikasida islohotlar davrida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning asosiy maqsadi:
maktabgacha ta’limning nufuzini oshirish, uning ta'lim sohasida jamiyat uchun ustuvorligini mustahkamlovchi maqomini mustahkamlash;
bosh talabgor va iste’molchi - ota-onalarga mo'ljallangan turli turdagi, tildagi va profildagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar muhim hisoblanadi:
maktabgacha ta'lim tashkilotlarining Davlat tizimini saqlab qolish (byudjet va tashkilotlarga qarashli)
maktabgacha ta’limning standartini aniqlash;
maktabgacha ta'limning yangi mazmun va texnologiyalariga o'tish;
maktabgacha ta'limning tashkiliy tarkibini variativlik tamoyillari, ochiqligi, barcha uchun qulayligi, oila bilan hamkorligi, maktab, mahalla va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan o'zaro munosabatlarga muvofiqlashtirilgan holda o'zgartirish;
jamoatchilikka nisbatan birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rivojlanishidan ketayotgan o'zgarish, shart-sharoitlari va talablarga o'z vaqtida va mos keladigan javob topish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun maktabgacha ta'lim tarkibi harakatliligida (o'zgaruvchanligida) topqirlik bilan mo'ljal olishga imkon beruvchi kadrlarni ilmiy-metodik tomondan tayyorlanishni takomillashtirishdan iborat.
maktabgacha ta'limni yangilashda bosh pozitsiya:
Pedagogik faoliyatning o'zaro hurmatga yo'naltirilganligi,differensial va individuallik, demokratizatsiya, bolalar uchun bir xilda ta'lim berish imkoniyatini yaratish dinalizm va variativlik egallaydi. Yuqorida ko'rsatib berilgan vazifalarni joriy etishda quyidagi tamoyillar inobatga olinishi lozim:
Bola shaxsini rivojlantirishga intilayotgan pedagogik faoliyatning o'zaro hurmatga yo'naltirilganligi uning qobiliyati, iqtidori, qiziqishlari bolalar faoliyatining turli shakllarida maksimal olib borish;
Shaxsning shakllanishida maktabgacha yoshining ahamiyati haqida zamonaviy ilmiy bilimlarini qo'llash;
Intellektual rivojlantiruvchi, predmetni fazoviy muhitni yaratish;
Shaxsning manfaatlariga yo'naltirilgan ta'lim ustuvorligini tan olish; -har bir bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun tenglik huquqini tan olish; -Maktabgacha ta’limning barcha uchun (tengligi) barobarligi;
-Ta’lim tarbiya ishlarining shakl va yagona umuminsoniy va milliy mazmuni;
-Tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi vazifalarining birligi; Bolalarni o'qitish va rivojlantirishda maktabgacha ta’lim mnassasasi va oilaning alohida xususiyatlarini hamkorlikda tatbiq etish jarayoniga ota-onalarni jalb etish;
Maktabgacha ta'limning asosiy talabgori va iste’molchisi bo'lgan oilaning ehtiyojlariga qarab turli ko'rinishda, tilda, profilda, variantiv bo'lishni ta’minlash;
Maktabgacha va boshlang'ich ta’limning uzviyligi, jamoatchilik va oilaviy ta'limning o'zaro hamkorligi;
Hududiy xususiyatlarni hisobga olish;
Maktabgachata'limtizimiuchunkadrlarnimukammaltayyorlashniturli-tumanligigaularnimalakasinioshirishvaqaytatayyorlashniturliliginiochishimkoniyatiniberadi. Bolalarniilkqo'llab - quvvatlashvapsixologik-jismoniy -rivojlanishidaginuqsonlarningoldiniolishvasiylikbo'limitibbiy, maktabgacha, maktab, maktabdantashqari, psixologik, ijtimoiyvayuridikxizmattashkilotlaribilanhamkorlikvakoordinatsiyaishlarinitashkiletishlozim. Maktabgachata’limnirivojlantirishjahonandozalarigaolibchiqishnita’minlashmaqsadidamarkazturliijodiyittifoqlar, shuningdek, yaqinvauzoq, chetellarbilanaloqalaro'rnatishlozim. Respublikabo'yichamaktabgachata’limtashkilotinidasturiyuslubiyjihatdanta’minlash. Maktabgachayoshdagibolalargata’lim-tarbiyaberishko'pjihatdanta’limnimaktabgachayoshdagibolapsixikasixususiyatlarigajavobberuvchidasturlar, metodiktavsiyalar, ta’lim- tarbiyaberishqo'llanmalaribilanta’minlanishgabog'liq. Bubo'limdata’limdaqo'llaniladiganboshta’limqo'llanmasibolavakattalarningo'zaromunosabatlariningshaxsgayo'naltirilganliginita’minlovchiqo'llanmalar (alohidaishuchundaftar, albomlar, flamaster, qalam, bo'yoqlarvah.k) yaratilgandasturiy-uslubiymajmuamaktabgachata'limstandartini, bolalarbilanishlashdavaularnirivojlantirishdagiasosiyyo'nalishlarinita’minlashilozim. Bu majmuada tarbiyachilar va boshqa mutaxassislarning yangi avlodi uchun darslik va qo'llanmalar yaratish nazarda tutiladi. Shuningdek, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o'yin faoliyatini tashkil etish usullaridan rivojlantiruvchi predmetli o'yinning nazariy va amaliy jihatlari ustida fikr yuritiladi. Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalar. Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo'llash ta'limiy maqsadlarni qat'iy talab etuvchi va bosqichli o'zgarishlarning aniqligini va olingan natijalarni baholovchi ma'lum ilmiy loyihalashni mo'ljallaydi. Zamonaviy rivojlantiruvchi pedagogik texnoligiyalar nafaqat o'qitish jarayoniga, balki bolaning psixik jarayonlariga, uning shaxsiy sifatlari, aqliy-ijodiy qobiliyatlarini, jismoniy rivojlanishiga yo'naltirilgandir. Ta’limning insonparvarligi sharoitida pedagogik texnologiyalar pedagogdan bolani jiddiy qabul qilish munosabatlarida ko'riladi. Pedagogik jarayonlarda pedagogik texnologiyalar qo'llanilganda bularning samaradorligi diagnostika qilinadi. Bu esa bolaning ta’lim ta'siriga ochiq munosabatda bo'lishini ta’minlaydi. Maktabgacha ta'limning samaradorligini boshqarishning algoritmning ya'ni kuzatishning tizimli qoidalari, qo'yilgan o'quv va tarbiyaviy maqsadlarini bajarishda bolalarning qabul qilish faoliyatini kuzatish va tuzatish bilan aniqlanadi. Yuqorida bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki, O'zbekiston Respublikasidagi Maktabgacha ta’lim tizimi oldiga bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, Davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivojlanishni ta’minlashdek ulkan mas’uliyat yuklanadi. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Konsepsiyasining maqsad va vazifalari quyidagi bosqichlarda ro'yobga chiqariladi.