Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari hisoblanadi: -bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash;
-bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash;
-umumta’lim tashkilotlarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash.
Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkiloti vazifalari hisoblanadi: -bolalarga, shu jumladan, o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o‘z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish;
-bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;
-bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash;
-bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash;
-ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi: - Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.
- Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
-Yuridik shaxslar - xususiy mulk huquqi subyektlari va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish, o‘zgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas.
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.