Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə5/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Nazorat uchun savollar:
1.Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi va vazifasini tushuntiring.
2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi nechta bosqichni o'z ichiga oladi
3.Maktabgacha ta'lim konsepsiyasining maqsad va vazifalarini izohlang?
4.Ilk qadam o'quv dasturining asosiy g'oyasini yoritib bering?
5."Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari"ning maqsad va vazifalari nimalarga asoslanga

2-MAVZU: O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY MAKTABGACHA TA’LIMNI VUJUDGA KELISHI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI.


Reja:


1. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo`nalishlari
2. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoillari
3. Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi
Respublikada ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar mohiyatini chuqur anglab yetish bilan bog'liq faoliyat turlari muvofiqlashtirildi. Uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari qatorida maktabgacha ta’limning milliy modelini aks ettiruvchi Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi ishlab chiqildi.

  • Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi - bu maktabgacha ta'lim tizimini rivojlanishi va uning ta'lim tizimidagi ustuvorligini ta'minlovchi Konseptual Nizomdir.

  • Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi - maktabgacha ta'limning xalqaro andozalarga mos zamonaviy yangilanish tamoyillari va modellarini yorituvchi huquqiy - me’yoriy hujjatdir.

  • Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi - maktabgacha ta’limni 2008-2020 yillarga mo'ljallangan takomillashuv strategiyasini belgilab beruvchi nazariy asosdir.

Ta'lim orqali inson va fuqaroning zamonaviy jamiyatga takomillashuvi va har tomonlama kirishuvi (qorishib ketishi), zamonaviy bilimlar darajasi, shaxsning milliy va dunyoviy madaniyati integratsiyasi masalalari amalga oshiriladi. Bu tamoyilning asosiy jihatlaridan biri hamkorlik pedagogikasi kattalarning (tarbiyachi, ota-ona va bolalar) oldiga ta'lim-tarbiya jarayonida muloqotining altruistik (o'zining shaxsiy qiziqishlarini emas, balki boshqalar manfaati uchun harakat qilishi) uslubini qo'llash zaruriyatini qo'yadi.
Bu jihat - pedagog bolaning ustidan hukmronlik qilishdan, uni nazorat qilish, zo'ravonlik, kuch ishlatishdan voz kechib, tarbiyalanuvchiga uning xohishiga ko'ra erkin tanlash huquqini beradi.
Bunda:
-Kattalarning hissiy-shaxsiy muloqotini shakllantirish;
-Bola va pedagog o'rtasidagi hissiyot shaxsiy munosabatlarini rivojlantirish;
Munosabatlar tizimining o'zaro hurmat tarzda shakllantirishga e’tibor qaratiladi. Ijtimoiy pedagogik yondashuv tamoyili: Bolaning tengqurlari va kattalar bilan munosabatining o'zaro hurmat doirasida bo'lishi bolaning tizimli o'zaro mu- nosabatlarda o'zining “Men" mezoni bo'yicha shaxsiy rivojlanishining ijtimoiy faolligi ko'rsatkichida muhim omil hisoblanadi. Bu asosan 5 boshqichda amalga oshiriladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin