Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə7/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Ta’lim vositalari - o'qitish yo'llari: nutqli faoliyatli, qo'llanmali, psixik.
Ta'lim bosqichlari: tanishish, differensiatsiya, integratsiya.

Davlat va jamiyat uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo'lishini va hayot o'zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.


2.Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoillari
«Ta’lim to'g'risida»gi Qonunning XI moddasi maktabgacha ta’limga bag'ishlangan. «Maktabgacha ta’lim» bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladi» deyiladi. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Maktabgacha ta'lim Konsepsiyasida: maktabgacha ta'limning tarkibi va mazmunini qayta ko'rib chiqish, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni, o'zbek xalqining milliy an'analari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o'ziga xosligi, tilda o'z aksini topuvchi tafakkur xususiyatlari xalq pedagogikasining ulkan tajribasi oiladagi o'zaro munosabat, milliy o‘z-o'zini anglash, boshqa xalq madaniyatidagi ijobiy xususiyatlarim uyg'unlashtirish masalalari, maktabgacha va oila ta'limida hal etilmoqda.
Pedagog mazmunan turli vaziyatlar yaratadi va bu vaziyatlar bolaga egallagan faoliyat turlarini qo'llash va notanish sharoitda ham harakatlanish imkoniyatini beradi. Ushbu o'zaro ta’sir etuvchi turning vazifasi - bu bola tomonidan mazmun va munosabatlarni o'rganish jarayonida tizimli bilimlarni egallash, bola shaxsining mazmuniy sohasida "Dunyo tasavvuri”ning shakllanishidir. O'zaro ta'sirning bu turida pedagog nafaqat bolaning hamkorlikdagi faoliyatining xarakteri va turlarini, balki bolalar o'rtasidagi o'zaro ta’sirni ham aniqlaydi. Bu esa shaxsga yo'naltirilgan ta’lim metodida asosiysi hisoblanadi. Biz yuqorida katta shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasining didaktika modelini ko'rib chiqdik, bular o'qitishning nazariy negizi hisoblanadi. Katta shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasining uslubiy modeli ta'lim jarayonining yaxlit subyekti sifatida pedagog va bolalar o'rtasidagi munosabatlar va mazmun-mohiyatni shakllantirishni boshqarishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.
Uslubiy modelning asosiy komplekslari bo'lib quyidagilar:
1.Uslubiy tamoyillar;
2.Ta'lim vositalari;
3.Ta’lim bosqichlari;
4.Ta'limning usul va uslublari hisoblanadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin