1-bosqich-oiladagi muhit: Bolani o'rab turgan muhit bilan o'zaro munosabatlarining amaliy harakatlari va kattalarga (ota-ona, enaga va boshqalar) to'liq qaram ekanligi bilan aniqlanadi. Bolaning faolligi muhitga bo'lgan ehtiyojni qondirishiga yo'naltiriladi. 2-bosqich-vaziyatdagi voqelik- Bolani bo'lib o'tayotgan hodisalardan ajrala olmasligi va uni vaziyatga to'liq qaram- ligi bilan tavsiflanadi. Bunda muhit alohida ahamiyatga ega bo'ladi. 3-bosqich-vaziyat ustidagi voqelik-Bolani vaziyatlar oqimi ta’siridan chiqish va o'zining aqli yordamida vaziyatni tushunib ish tutishi bilan xarakterlanadi. 4-bosqich-o'zidagi voqelik-Bola o'z vaziyatlari modelini tayyorlab, atrofdagi kattalar va tengdoshlari bilan ish yuzasidan munosabatlar o'rnatib, o'z "men”ini namoyish etadi. 5-bosqich- Bolaning boshqadagi voqelik va o'zining qadr- qimmatini tan olishga intilishi bilan belgilanadi.Pedagog va bola shaxsini mustaqil tarbi yalashga yo'naltirilgan faoliyati, qaysiki shaxsiy mazmunini hayotiy bo'shliqda qimmatli ahamiyatga ega bo'lgan, pedagog va bolaning universallashtirilgan tizimi. Ta’lim psixologiyasining didaktik modeli sifatida:
Didaktik tamoyillar: -Faollik tamoyili bolaning xususiyatlarini hisobga olgan holda anglash faoliyati subyektiga tayanadi. -Ko'rgazmalilik tamoyili - bolalar tomonidan o'rab turgan olamni qabul qilish xususiyatlariga asoslanadi. -Oson erishuvchanlik tamoyili-bolalarning anglash faoliyatini rivojlantirishning muvofiqligi hisobi bilan bog'liq. -Yetkazish tamoyili-o'qitish jarayonida bolalarning alohida (yakka tartibdagi) xususiyatlarini hisobga oladi. -Tizimlilik tamoyili-bolaning atrof-olamni anglash orqali muloqotga kirishishi darajasini hisobga olish bilan bog'liq.