Xalqaro moliya



Yüklə 153,77 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü153,77 Kb.
#197135
  1   2   3   4   5
Xarajatlarni rejalashtirish va prognoz qilish


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

XALQARO MOLIYA” FANIDAN



MUSTAQIL ISHI

MAVZU : Xarajatlarni rejalashtirish va prognoz qilish

Bajardi:_______________
Tekshirdi:______________


TOSHKENT-2023

REJA:
Kirish

1. Xarajatlarni rejalashtirish asoslari va dasturi

2. Pul mablag’lari byudjeti va Bosh (asosiy) byudjet

3. Sotish hajmini rejalashtirish muammolari

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Kirish
Ushbu ishda boshqaruv jarayonining asosiy funksiyasi bo’lgan rejalashtirish va boshqaruv nazoratini o’rnatishda (ta’minlash) muhim bo’lgan rejalashtirish jarayoning asosiy ikki tamoyili to’g’risida fikr yuritiladi.
Birinchisi - qabul qilingan strategiyani amalga oshirish uchun mo’ljallanayotgan o’rta va uzoq muddatli rejalarni amalga oshirish bo’yicha maxsus dasturlar tayyorlash.
Ikkinchisi - tegishli byudjet (smeta)larni ishlab chiqish. Sababi, har bir reja asosli bo’lishi, uni amalga oshirish uchun bo’lsa, real iqtisodiy ta’minoti belgilangan bo’lishi shart. Shundagina boshqaruv qarorlari asosli, maqsadli va amalga oshirilishi mumkin bo’ladi.
Tegishli byudjetlarni tuzish muhim vazifa bo’lganligi uchun, mavzuda ana shu byudjet turlarini tuzishga ham e’tibor qaratildi.


Xarajatlarni ejalashtirish asoslari va dasturi


Mamlakat iqtisodining bozor munosabatlariga o’tishi bilan mikro va makro darajalarda rejalashtirishning o’rni yanada oshdi. Xususan, har qanday xo’jalik yurituvchi subyekt boshqarish jarayonida nazorat qanchalik muhim hisoblansa, rejalashtirish ham undan kam bo’lmagan muhim funksiyani bajaradi.
Umumiy holda, rejalashtirish deyilganda – kelgusida aniq bir ishlarni bajarish uchun sodir etiladigan xarakatlarni oldindan belgilab-aniqlab olish tushuniladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasida rejalashtirishning bir necha turlaridan foydalanishni kuzatish mumkin. Rejalashtirishni bir necha turlarga bo’linishidagi asosiy mezon – bu vaqt ko’rsatkichidir. Shu nuqtai nazardan xulosa qilish mumkinki, rejalashtirish borasidagi asosiy maqsad – bu uzoq muddatlarga mo’ljallangan muhim xarakatlar yo’nalishini oldindan belgilab olishdir. Shu bilan birgalikda alohida qayd qilish lozimki, rejalashtirish jarayonida ikkita muhim tadbirlar mavjud. Bular:

  1. Dasturlar ishlab chiqish;

  2. Tegishli byudjetlarni shakllantirish.

Rejalashtirish natijasida ko’zda tutilayotgan uzoq muddatli strategik maqsadga erishish uchun bir necha dasturlar ishlab chiqiladi. Masalan, stol va stullar ishlab chiqarish va kelgusida ulardan foyda olish uchun sotish maqsadini belgilashda, quyidagi dasturlar ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir: ishlab chiqarishning uskuna va materiallar bilan ta’minlash dasturi; ishlab chiqarishning malakali ishchi kuchi bilan ta’minlash; ishlab chiqilgan mahsulotlarni sotishning optimal dasturi va sh.k.
Ana shu har bir dasturning ishlashi, ya’ni dastur doirasida belgilangan tadbirlar bajarilishi ma’lum miqdordagi mablag’ bilan ta’minlanishni ta’lab qiladi. Shunga muvofiq, dasturlar bo’yicha tegishli byudjetlarni ishlab chiqish va shakllantirish – rejalashtirishdagi muhim bir omildir. An’anaviy tarzda byudjet ikki qismdan iborat bo’lib, uning dastlab daromad qismi shakllanishi ta’minlanadi, so’ngra shakllangan mablag’larning xarajat qilish moddalari belgilanadi. Dasturlar bo’yicha tegishli byudjetlarni tuzish xo’jalik yurituvchi subyekt miqyosida boshqaruvning bir tizimga solishni ta’minlab qolmasdan, kelgusida operativ tarzda har bir dasturning bajarilishini kuzatish, tegishli o’zgarishlarni zudlik bilan kiritish, chetlanishlarni aniq hisoblash, turli omillar ta’sirini hisoblash, taqqoslama tahlillar qilish va umuman, asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlaydi. Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarida boshqaruv madaniyati shakllanishini ta’minlaydi.
Amaliyotda rejalashtirishning quyidagi keng qo’llaniladigan uchta turi mavjud:




D asturlar tuzish – bu strategik rejalarni amalga oshirishdagi ikkinchi bosqich – vositachidir.

!
Ammo, ta’kidlash joizki, rejalashtirilgan maqsadga erishish borasidagi belgilangan tadbirlar bo’yicha dastur tuzish amaliyotiga barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarda ham yetarlicha e’tibor qilinmaydi. Ba’zi xo’jalik yurituvchi subyektlarda bunga zaruriyat sezilmasa, ba’zi birlarida esa ana shu xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlari uchun tegishli iqtisodiy bilimlarning yetishmasligi, shuningdek xafsalasizlik va yana bir qator omillar sabab bo’ladi.
O’z biznesining taraqqiyotidan umidvor bo’lgan, uning kelajakda kengayishini hoxlagan biznes xodimlari uchun, ular dasturlash jarayonida e’tiborga olishlari lozim bo’lgan quyidagi tadbirlar ketma-ketligini taklif qilamiz.
Eng avvalo dasturlar tuzish quyidagi uchta uzviy qismlardan iboratligiga alohida e’tiborni qaratish lozim:

Ishlab chiqarish darajasi uzoq vaqt mobaynida barqaror bo’lishiga qaramasdan amaldagi dastur ko’rsatkichlarini doimiy ravishda qayta ko’rib turish va tegishli o’zgartirishlarni kiritib borish talab qilinadi. Chunki xo’jalik yurituvchi subyekt miqyosida o’zgarish bo’lmasa-da, xo’jalik yurituvchi subyektning maxsuloti sotiladigan tashqi muhitda (bozorda) o’zgarishlar tez ro’y berishi mumkin. Xususan, yangi texnologiyalar, bozordagi raqobat muhiti va iste’molchilar talab darajasi o’zgaradi va sh.k. Ana shunday o’zgarishlarni o’z vaqtida hisobga olish va ular ta’sirida amaldagi dasturga o’zgartirishlar kiritish juda muhimdir.
Zamonaviy xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari hamisha yangi dasturlarni qabul qila oladigan, ya’ni taklif qilinayotgan dastur loyihalariga nisbatan ijobiy yondashishi lozim. Yangi tavsiya qilinayotgan dasturning afzalligini ifodalovchi omillarning har birini batafsil o’rganib chiqishi, yangi imkoniyatlar ochilishi shubhasiz bo’lganda, uni boshqa dasturlar bilan kompleks holda tahlil qilishi va operativ tarzda tegishli boshqaruv qarorini qabul qila olishi lozim.
Rivojlangan mamlakatlarda aynan mana shu vaziyatda xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlari samarali foydalanayotgan tahlil usuli mavjud. Bu “samara - xarajat” usuli deb yuritiladi. Bu usulning mohiyati shundaki, xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari shu masala bo’yicha mavjud barcha ma’lumotlarni shaxsan o’zi o’rganib, shu dasturni qabul qilish qancha xarajat talab qilishi va uni sotish qancha daromad keltirishiga iqror bo’lishi, kutilayotgan daromad miqdorini amaldagi dastur ko’rsatkichlari bilan taqqoslashi lozimdir.
Nima uchun xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari shu masalani shaxsan o’zi o’rganib chiqib, shaxsan o’zi qaror qabul qilishi lozimq – degan o’rinli savol tug’iladi. Sababi, aynan rahbar hisobga olishi lozim bo’lgan juda ko’p omillar vujudga keladi, ularning aksariyatini bevosita miqdor jihatdan o’lchash imkoni bo’lmaganligi uchun, mutaxassislar aksariyat hollarda ularni e’tibordan chetda qoldirishadi, ya’ni hisobga olishmaydi. Masalan, yangi dasturni qabul qilish xo’jalik yurituvchi subyekt imidjini ko’tarishi, atrof muhit ifloslanishini kamaytirishi, mehnat sharoitini yaxshilashi, ma’lumotlar ishonchlilik darajasini oshirishi va shu kabi bevosita miqdor jihatdan o’lchab bo’lmaydigan samaralarni berishi mumkin.
Juda ko’p xo’jalik yurituvchi subyektlar mana shu masala borasidagi amaliyotida dasturlarni muvofiqlashtirish tadbirini amalga oshirishadi. Buning uchun ular dastavval amaldagi dastur va taklif qilinayotgan loyihalar o’rtasidagi farqli tomonlarni o’rganishadi, so’ngra taqqoslab ko’rishadi va nihoyat ikkalasidagi eng ma’qul ko’rsatkichlar doirasida muvofiqlashtirilgan dastur parametrlarini shakllantirishadi. Muvofiqlashtirilgan dasurlar odatda uzoq muddatga, odatda 2-3 yil, ba’zi vaqtlarda 5-10 yillarga mo’ljallanadi va shunga muvofiq u oldindan tayyorlanadi. Muvofiqlashtirilgan dasturning muhim tomoni shundaki, unga asosan byudjet shakllanishi mumkin bo’ladi. Aniqrog’i, kelgusida bo’ladigan barcha tadbirlar aniq belgilangan bo’ladi va bu o’z navbatida endilikda ana shu tadbirlarning amalga oshirilish xarajatlarini sarf-hisob qilish va ushbu xarajatlarni qoplash manbalarini belgilash imkonini yaratadi.

Yüklə 153,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin