Xo’jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni shakllantirish
Odatda, byudjet haqida gap ketganda juda ko’pchilik xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlari o’zlarini g’ayri tabiiy sezishadi. Sababi, byudjet atamasi odatda davlat moliyasiga, davlat byudjeti tushunchalari bilan bog’liq deb qarashadi, hamda u xarajatlar smetasi ko’rinishida tasavvur qilishadi. Xo’jalik yurituvchi subyekt miqyosida esa bu tushunchaning asl mohiyatiga tegishli darajada e’tibor qaratishmaydi. Zamonaviy xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlari kelajakda faoliyati samarali bo’lishini, tobora keskinlashib boradigan raqobat chidamining ortib borishini astoydil istashsa boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish maqsadida byudjetni xo’jalik yurituvchi subyekt va tashkilotlar miqyosida tushunish – butunlay boshqa ma’noni anglatishini e’tirof eta bilishlari lozim.
Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko’rsatadiki, xo’jalik yurituvchi subyekt miqyosida bir necha byudjet tuzilib, shunga muvofiq ularning yakuniy umumlashtiruvchisi sifatida bosh byudjet ham tuziladi. Xo’jalik yurituvchi subyekt amaliyotida tuziladigan byudjetning tub mohiyati ana shu an’anaviy byudjet tarkibi va mohiyati bilan o’xshash bo’lganligi uchun ham bir qator iqtisodchi olimlar uni shu nomda qoldirib foydalanishni taklif qiladilar. Bu fikrga albatta, qo’shilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Byudjetni tuzish dastur tuzish kabi rejalashtirishning ikkinchi bir muhim qismidir
byudjet boshqaruv nazorati uchun muhim quroldir
amaliyotda deyarli barcha xo’jalik yurituvchi subyektlartuzadigan moliyaviy hujjat
byudjet erkin shaklda, juda oddiy va barcha foydalanuvchilaruchun tushunarli tarzda tuziladigan ixtiyoriy hujjat
Kelgusida amalga oshirilishi belgilangan dasturlar doirasidagi tadbirlar bo’yicha byudjetni ishlab chiqish dasturlarni ishlab chiqish kabi rejalashtirishning muhim jarayoni hisoblanadi. Byudjet bilan dasturlash jarayonining asosiy farqi shu bilan belgilanadiki, dastur istiqboldagi bir necha yillar (1 yil, 2-3 yil, 5-10 yil) uchun tuzilishi mumkin. Byudjet esa har bir tadbirlar guruhi uchun maksimal tarzda bir yilga tuziladi.
Byudjetlarni ishlab chiqish xo’jalik yurituvchi subyekt boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilishning asoslaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqib, shu narsani qayd etish lozimki, mavqei va ko’lamidan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar o’z faoliyatlarini samarali olib borish maqsadida bir necha byudjetlarni tuzadilar. Bu esa o’z navbatida xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejali tarzda boshqarish imkonini yaratadi.
Ma’lumki, xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirishda asosiy e’tibor foyda olishga qaratilgan bo’ladi. Foyda olish rejasi o’z navbatida xo’jalik yurituvchi subyektning yillik byudjeti asosini tashkil etadi. Qayd qilish lozimki, nafaqat tijorat maqsadlarini ko’zlovchi, balki notijorat xo’jalik yurituvchi subyektlari ham o’z byudjetlarini tuzishlari mumkin.
Byudjet - bu rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirishdan oldin tuziladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, byudjetni moliyaviy tadbirlar rejasi sifatida ham talqin etishadi. Byudjet atamasini faqatgina qog’ozda ask ettirilgan moliyaviy yoki boshqa ma’lumotlar sifatida tushunish to’g’ri emas, chunki u kelgusida amalga oshiriladigan bir nechta tadbirlarning rejasi ko’rinishida ifodalanadi. Shundan xulosa qilish lozimki, byudjet orqali kelgusidagi moliyaviy jarayonlarning istiqboli belgilanadi. Iqtisodiy adabiyotlardan ma’lumki, byudjet turli ko’rinishlarda ifodalanishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobida yuritiladigan buxgalteriya balansi yoki moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettirilgan ma’lumotlardan farqli ravishda, byudjet qat’iy tartibda bajarilishi lozim bo’lgan standartlashtirilgan shaklga ega emas. Xususan, byudjet kichik bir do’konning oddiy oldi-sotdi hisoboti shaklida ham, yirik bir bankning murakkab moliyaviy dasturi ko’rinishida ham bo’lishi mumkin. Byudjetning tarkibi unda qanday moddalar aks ettirilishiga, xo’jalik yurituvchi subyektning katta-kichikligiga, shuningdek, uni ishlab chiquvchilarning malakasi va tajribasiga bog’liq.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan ma’lumki, davlat byudjeti fuqarolarga keng targ’ib qilinadi. Byudjetning mohiyati undan foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishi uchun u oson va tushunarli shakldagi ma’lumotlardan iborat bo’lishi lozim. Byudjetni keng ommaga yetkazish uchun ma’lumotlar qisqa va aniq bo’lishi lozim, chunki ma’lumotlarning keragidan ortiqligi yoki etishmasligi byudjet mohiyatini tushunishni qiyinlashtiradi. Byudjet bir vaqtning o’zida ham daromadlar, ham xarajatlarni o’zida ifoda etmasligi, shuningdek, ularning balanslashgan ko’rinishda bo’lishi ham shart emas. Masalan, xom-ashyo va materiallardan foydalanish byudjeti faqatgina xom-ashyo va yarim fabrikatlar xarajatlari rejasini o’z ichiga olishi mumkin. Shuningdek, byudjet pulsiz ko’rinishda ham tuzilib, uning tarkibida mehnat soati, mahsulot birligi, xizmatlar miqdori kabi o’lchamlar qo’llaniladi.
Byudjetni tayyorlashda uning aniq sarlavhasi yoki nomlanishi va qaysi muddat uchun tuzilayotganligi ko’rsatilishi lozim. Byudjetning belgilangan shakli uni ishlab chiquvchilari tomonidan tuziladi. Xo’jalik yurituvchi subyekt o’zi uchun mos bo’lgan shakldagi byudjet ko’rinishini ishlab chiqib, undan doimiy ravishda foydalanishi mumkin. Agar byudjetga yangi mahsulot yoki xizmat to’g’risidagi ma’lumotlarni kiritish zarurati tug’ilsa, ushbu hujjatga yangi moddalar qo’shilib, byudjetning shakli o’zgarishi mumkin. Byudjetni tuzishda har doim asosiy qoida - barcha ma’lumotlarni imkon qadar qisqa, aniq va foydalanuvchi uchun muhim bo’lishiga amal qilish lozim.
Amaliyotda yillik byudjet ko’pincha choraklarga bo’lingan holda tuziladi va faqatgina birinchi chorakdagi tadbirlar oylar bo’yicha taqsimlanadi. Yil davomida byudjet shart-sharoitlarga bog’liq holda o’zgarishi mumkin.
Odatda, amaliyotda uzluksiz yoki egiluvchan byudjetlar deb nom olgan byudjet turlari keng qo’llaniladi. Ularning asosiy mohiyati - har bir oy yoki chorak tugagandan so’ng byudjetning tegishli bandlariga o’zgartirishlar kiritilish imkoniyati mavjud bo’ladi va shu tartibda keyingi muddatga mo’ljallangan byudjet moddalari taklif qilinadi. Bu o’z navbatida yillik rejalashtirishning uzluksizligini ta’minlaydi. Umuman olganda, byudjetni ishlab chiqish davriyligi aniq bir xo’jalik yurituvchi subyektning rejalashtirilayotgan ma’lumotlari va ehtiyojlari hajmini inobatga olgan holda aniqlanadi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan qo’shimcha investitsiyalarni talab qiladigan yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologilar va jihozlarni joriy etish bilan bog’liq bo’lgan katta o’zgarishlar amalga oshsa, byudjet besh yillar va hatto undan ham ko’p bo’lgan muddatlarga tuziladi. E’tirof etish lozimki, xo’jalik yurituvchi subyekt amaliyotida endigina joriy qilina boshlanishiga qaramasdan, byudjetdan uzoq muddatli rejalashtirishning asosiy vositasi sifatida foydalanadigan xo’jalik yurituvchi subyektlar soni kundan-kunga oshib bormoqda.
Byudjetlar xo’jalik yurituvchi subyektning umumiy faoliyati, shuningdek uning tarkibiy bo’linmalari yoki faoliyatning alohida yo’nalishlari uchun ishlab chiqiladi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida keng foydalanib kelinayotgan byudjet bevosita bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. Xususan: