“O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
369
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI (O‘RQ–637, 23.09.2020) Normurodova Aqida Yigitali qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Aniq va tabiiy fanlar” fakulteti
“Matematika va fizika” kafedrasi 3-kurs talaba
https://doi.org/10.5281/zenodo.7361616 Annotatsiya. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yangi “Ta`lim to`g`risida”gi qonunga imzo qo`yildi. Bu albatta biz yoshlar uchun muhim qadam hisoblanadi. Men shuni aytishim kerakki, ta`lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish kerak, chunki ta`lim tizimi samarali olib borilsa mamlakat rivojlanadi. Mana shu kundan boshlab Yaponiya, Koreya, Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda ta`lim tizimi va samarali o`qitish tubdan o`zgardi. Ta`lim mamlakat kelajagining hayot- mamotidir. Har bir davlat aynan kuchli ta`lim tizimini yaratish va uni muntazam takomillashtirib borish haqida bosh qotiradi. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni 1997-yil qabul qilingan bo`lib, bugungi zamon shiddatlariga, umuman yangilanish, rivojlanishlarga javob bermay qolgan edi. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni 11 bob, 75 ta moddadan iborat bo`lib, amaldagi qonunning 34 ta moddasidan 33 tasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritilgan. Qonunning asosiy maqsadi, ta`lim sohasidagi faoliyati, jumladan ta`limning turlari, shakllari, tizimni boshqarish, sifatni nazorat qilish, ta`lim-tarbiya ishtirokchilarining samarali hamkorlik qilish mexanizmlarini ta`minlashdan iboratdir. Qonunning asosiy jihatlaridan yana biri shuki, mamlakatimizda ta`limni tashkil etishda alohida etibor qaratib kelinayotgan ta`lim va tarbiyaga, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi, shu paytgacha asosiy prinsip sifatida belgilanmagan edi. Endilikda ushbu prinsip qonun bilan belgilandi. Davlat ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiy- iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi. Kalit so`zlar: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonun, Professional ta’lim, Boshlang‘ich professional ta’lim, O‘rta professional ta’lim, O‘rta maxsus professional ta’lim, Imtiyozli kontingent uchun qo‘shimcha qabul parametrlari.