Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 
QONUNI 
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 5-fevralda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonunning maqsadi auditorlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan 
iborat.
2-modda. Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik 
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik 
hujjatlaridan iboratdir. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining 
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan 
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
auditor
— auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs; 
Auditorlar reyestri
— auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlarning 
auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan ro‘yxati, 
bundan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shakllantiriladigan reyestr mustasno; 
auditorlik tashkiloti
— auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va turdosh xizmatlar ko‘rsatish 
bo‘yicha auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti; 
Auditorlik tashkilotlarining reyestri
— auditorlik tashkilotlarining auditorlik faoliyati 
sohasidagi vakolatli davlat organi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan ro‘yxati; 
auditorlik faoliyati
— auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish 
bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati
audit qo‘mitasi
— xo‘jalik yurituvchi subyektning kuzatuv kengashi a’zolaridan iborat 
bo‘lgan, qoida tariqasida, kamida bir nafar mustaqil a’zoni o‘z ichiga oladigan, moliyaviy hisobotni 
tuzishning to‘g‘riligi ustidan nazorat o‘rnatilishi, mustaqil auditorlik tashkilotining tanlanishi, 
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishi jarayonlarini kuzatish, shuningdek ichki va tashqi auditorlik 
tekshiruvlari natijalarini olish hamda o‘rganish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mita;
renking 
— auditorlik tashkilotlarining faoliyatini tavsiflovchi muayyan ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha guruhlarga ajratilgan auditorlik tashkilotlarining tartibga solingan ro‘yxatlarini 
shakllantirish; 
talabgor
— malaka sertifikatini olishga yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishga 
da’vogar bo‘lgan jismoniy shaxs. 

Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin