Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida

15-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari 
Auditorlarni birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotlari auditorlarning respublika 
jamoat birlashmalaridir. 
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari auditorlarning kasbiy darajasini 
rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishga 
da’vat etilgandir. 
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(15-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-
yanvardagi O‘RQ-815-sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
auditorlar va auditorlik tashkilotlari tomonidan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining 
Xalqaro odob-axloq standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilingan Professional 
buxgalterning odob-axloq kodeksiga (bundan buyon matnda Professional buxgalterning odob-axloq 
kodeksi deb yuritiladi) rioya etilishining tizimli monitoringi tashkil etilishini ta’minlaydi; 
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi; 
renking o‘tkazishning yagona tartibini belgilaydi
renking o‘tkazilishini tashkil etadi va har yili 1-mayga qadar uning natijalarini o‘z rasmiy 
veb-saytlarida e’lon qiladi; 
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari a’zolarining reyestrlarini yuritadi va ularni 
o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi; 
zarurat bo‘lganda, buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning ishida 
ishtirok etadi; 
har yili 10-yanvarga qadar auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi 
axborotni vakolatli davlat organiga taqdim etadi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
malaka imtihonini o‘tkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta 
rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va auditorning malaka sertifikati amal 
qilishini tugatish tartibini, auditorlarning malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni vakolatli 
davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;
malaka imtihonini o‘tkazadi;
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, uning amal qilish muddatini 
uzaytiradi va auditorning malaka sertifikati amal qilishini tugatadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan beriladigan sertifikat mustasno. 
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuniga 
asosan to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 

Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin