Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida

16-modda. Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi 
Auditorlik tashkilotlarining faoliyatiga aralashishga va auditorlik tashkilotiga, shuningdek 
uning xodimlariga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
3-bob. Auditor va uning yordamchisi, auditorning malaka sertifikati 
17-modda. Auditor. Auditorning yordamchisi 


Auditor o‘zi bilan auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-
huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida bir vaqtning o‘zida faqat bitta auditorlik tashkiloti 
tarkibida ishlashi mumkin. 
Auditor o‘zi ishlaydigan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi 
mumkin. 
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi munosabati bilan Auditorlik 
tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor auditorlik 
tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida boshqa 
auditorlik tashkilotining rahbari bo‘lishi mumkin emas. 
Auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan, auditorlik tashkilotida ishlovchi hamda 
auditorning topshirig‘iga ko‘ra auditorlik xulosasiga va auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq 
boshqa hujjatga imzo qo‘yish huquqisiz auditorlik tekshiruvida ishtirok etadigan jismoniy shaxs 
auditorning yordamchisidir.
Auditorning yordamchisiga nisbatan uning auditorlik tekshiruvida ishtirok etishi chog‘ida 
o‘zi olgan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati tatbiq etiladi. 
18-modda. Auditorlarning malakasini oshirish 
Auditorlarning malakasini oshirish buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro 
tashkilotda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Auditor auditorning malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e’tiboran har yili 
auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Auditorlar malakasini oshirish kurslari auditorlarning respublika jamoat birlashmalari 
tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy dastur bo‘yicha o‘tkaziladi. 
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 

Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin