auditorlik xizmatlari buyurtmachisining talabiga ko‘ra auditor (auditorlar) sertifikatini,
auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisini ko‘rsatishi;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga doir auditning xalqaro standartlari talablari to‘g‘risidagi,
auditorning e’tirozlariga asos bo‘lgan qonunchilik hujjatlari normalari haqidagi axborotni xo‘jalik
yurituvchi subyektning so‘roviga binoan taqdim etishi;
auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashi;
auditorlik tekshiruvi natijalarini auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq rasmiylashtirishi
va auditorlik xulosalarining nusxalarini auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlashi;
o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to‘g‘risidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi
subyektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko‘rsatgan holda o‘z rasmiy veb-
saytlariga yoki auditorlar respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi;
auditorlik tashkilotlari renkingini o‘tkazish uchun axborot taqdim etishi;
buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlari to‘g‘risida yoki
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniq tasdiqlovchi faktlar haqida xo‘jalik yurituvchi subyektning
rahbariyatini va korporativ boshqaruv uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni, audit qo‘mitasini yozma
shaklda xabardor qilishi;
auditorlar ishi sifatining ichki nazorat tizimini o‘rnatishi va unga rioya etishi;
auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazishga monelik qilmasligi;
o‘z pochta manzili va elektron manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida, auditorlik tashkilotining
rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi o‘zgarganligi haqida vakolatli davlat organini besh
kunlik muddatda yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘z veb-saytini yuritishi va uni faol holatda saqlab turishi;
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli
Qonuniga
asosan o‘n to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)
har yili 20-yanvarga qadar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat
organiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etishi shart.
Auditorlik tashkilotining zimmasida qonunchilikka va auditorlik xizmatlari ko‘rsatish
to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: