Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida

30-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi 
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo‘jalik yurituvchi subyekt va 
moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida ularga moliyaviy hisobotlar hamda xo‘jalik 
yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy axboroti to‘g‘risidagi noto‘g‘ri yakunni o‘z ichiga olgan 
auditorlik xulosasini tuzish oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va 
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik 
talablarini buzganlik uchun auditorlik tashkiloti rahbari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka 
tortiladi. 
Ma’lumotlari Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilmagan tashkilot tomonidan 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
5-bob. Auditorlik tashkiloti tomonidan xizmatlar ko‘rsatish 
31-modda. Auditorlik xizmatlarining turlari 
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlari turidagi auditorlik 
xizmatlarini ko‘rsatadi. 
Auditorlik xizmatlari auditorlik tashkiloti va auditorlik xizmatlari buyurtmachisi o‘rtasida 
tuzilgan shartnoma asosida ko‘rsatiladi. 
32-modda. Auditorlik tekshiruvi 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining va u bilan bog‘liq moliyaviy 
axborotining auditorlik tekshiruvi tekshiriladigan moliyaviy hisobotning hamda u bilan bog‘liq 


moliyaviy axborotning ishonchliligini va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka 
muvofiqligini aniqlash maqsadida auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi. 
Ishonchlilik deganda moliyaviy hisobot ma’lumotlarining aniqlik darajasi tushunilib, u 
ushbu hisobot asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli va moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyati natijalari to‘g‘risida xolis xulosalar chiqarish imkonini beradi. 
Auditorlik tekshiruvi ushbu Qonunning
 34-moddasida 
nazarda tutilgan cheklovlarga rioya 
etish sharti bilan majburiy tarzda va tashabbus shaklida o‘tkaziladi. 
Auditorlik tekshiruvini davlat sirlaridan va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan 
foydalangan holda o‘tkazish faqat ularni himoya qilish choralari ko‘rilganidan keyin qonunchilikka 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Ushbu Qonun talablaridan farq qiladigan tartibda amalga oshiriladigan tekshiruv auditorlik 
tekshiruvi bo‘lmaydi.

Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin