Tavakkalchilik darajasini tahlil qilish vakolatli davlat organi tomonidan har yili 1-fevralga
qadar
amalga oshiriladi, bundan auditorlik tashkiloti yoki auditorning harakatlari (harakatsizligi)
ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan hollar mustasno.
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o‘tkazishda auditorlik tashkilotining
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vakolatli davlat organida va auditorlarning respublika jamoat
birlashmalarida mavjud
bo‘lgan ma’lumotlar, shuningdek auditorlik tashkilotining hamda auditorlarning ishchanlik obro‘si
to‘g‘risidagi axborot asosida quyidagi holatlar bo‘yicha tavakkalchilik darajasining tahlili amalga
oshiriladi:
auditorlik tashkiloti
tomonidan ushbu Qonunning
27
va
29-moddalari
talablariga rioya
etilishi;
auditorlik tashkilotining ushbu Qonun talablarini buzadigan harakatlari (harakatsizligi)
ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari
mavjudligi;
auditorlik tashkilotining muassislari (ishtirokchilari) tarkibida ilgari auditorlik faoliyati
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun faoliyati tugatilgan auditorlik
tashkilotining muassisi
(ishtirokchisi) bo‘lgan jismoniy shaxslarning mavjudligi;
auditorlik tashkiloti ishi sifatining avvalgi tashqi nazorati yakunlari bo‘yicha past baho
olganligi.
Dostları ilə paylaş: