Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Vakolatli davlat organi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida

13-modda. Vakolatli davlat organi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash 
Vakolatli davlat organi o‘z faoliyatini ochiq va shaffof, boshqa davlat organlari, tashkilotlar 
hamda fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga quyidagilar joylashtiriladi:
auditorlik faoliyatining standartlari;
Auditorlik tashkilotlarining reyestri hamda xalqaro auditorlik tashkilotining yoki xalqaro 
assotsiatsiyalarning a’zolari bo‘lgan auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ushbu Qonun 44-moddasining 
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan Auditorlar reyestridagi 
ma’lumotlar;
auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibi;
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazgan auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi 
nazorati natijalari;
auditorlik xizmatlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi axborot.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
Vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida qonunchilikka muvofiq boshqa axborot 
joylashtirilishi mumkin. 
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining auditorlik faoliyati 
sohasidagi vakolatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolatlari doirasida: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
banklarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi;


(14-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son) 
banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka 
sertifikatini berish tartibini belgilaydi va uni beradi;
banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka 
sertifikatiga ega bo‘lgan Auditorlarning reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytiga 
joylashtiradi. 

Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin