Umumiy o`rta va o`rta maxsus ta`lim umumta`lim o`quv dasturlarini, zarur bilim,
malaka hamda ko`nikmalarni o`zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim I–XI sinflarni o‘z ichiga oladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil
mobaynida amalga oshiriladi va ta`lim oluvchilarning intellectual qobiliyatlarining jadal
rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-hunarga va shaxsga yo`naltirilgan
ta`lim olishni ta`minlaydi.
Professional ta’lim boshlang‘ich professional ta`lim, o‘rta professional ta`lim va o‘rta
maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari
negizida kunduzgi ta’lim shakli bo`yicha umumta`lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining 2
yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida
davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy
o`rta, o`rta maxsus ta`lim hamda boshlang`ich professional ta`lim negizida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-
shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari
bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oliy ta`lim bakalavriat ta`limy o`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha
yuqori malakali kadrlar tayyorlashini ta`minlaydi.Oliy ma`lumotli kadrlarni tayyorlash oliy
ta`lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi.
Oliy ta`lim ikki bosqichga-bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat oliy ta`lim yo`nalishlaridan biri bo`yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka
va ko`nikmalar beradigan, o`qish davomiyligi kamida 3 yil bo`lgan tayanch oliy ta`limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo`yicha o`qish
davomiyligi kamida 1 yil bo`lgan oliy ta`limdir.