Bayram tadbirini o’tkazish daromadlari va xarajatlari byudjeti
Byudjetning daromad manbalari: 1. Muassasalar ajratmalari
50 000
2. Kasaba uyushmasi jamg’armasidan ajratma
20 000
3. Xo’jalik yurituvchi subyektning maxsus jamg’armasidan ajratma
15 000
jami byudjet daromadi
85 000
Xarajatlar byudjeti 1. San’atkorlar guruhi uchun
5 000
2. Salqin ichimliklar uchun
15 000
3. Issiq ovqat uchun
25 000
4. Non, ko’katlar xaridi uchun
1 000
5. Mukofotlar uchun
10 000
6. Shirinliklar va mevalar xaridiga
5 000
jami xarajatlar byudjeti
75 000
Daromadlarning xarajatlardan oshishi
10 000
2-misol
Mexmonxona
Yil davomida xonalarning mijozlar bilan band bo’lish byudjeti
Oylar
Rejalashtirilgan bandlik
1 o’rinlik (30 dona)
2 o’rinli (50 dona)
Kichik appartiment (5 dona)
Lyuks
(5 dona)
soni
ulushi
(foizda)
soni
ulushi
(foizda)
soni
ulushi
(foizda)
soni
ulushi
(foizda)
yanvar
10
33,3
20
40,0
2
40,0
1
20,0
fevral
12
40,0
24
48,0
2
40,0
1
20,0
mart
15
500
28
56,0
3
60,0
2
40,0
aprel
18
60,0
35
70,0
4
80,0
4
80,0
may
20
66,7
40
80,0
4
80,0
3
60,0
iyun
28
93,3
48
96,0
5
100
5
100
iyul
30
100
50
100
5
100
5
100
avgust
30
100
50
100
5
100
5
100
sentyabr
29
96,7
45
90,0
4
80,0
5
100
oktyabr
25
83,3
40
80,0
3
60,0
4
80,0
noyabr
20
66,7
35
70,0
2
40,0
3
60,0
dekabr
15
50,0
30
60,0
1
20,0
1
20,0
1-misolda barcha ma’lumotlar pul birligida tuzilgan bo’lsa, 2-misoldagi byudjet ma’lumotlari natural ko’rsatkichlarda son va foizda tuzilgan
!
. Pul mablag’lari byudjeti
Pul mablag’lari harakati xo’jalik yurituvchi subyektning barcha mablag’lari aylanmasining samarasini belgilovchi, unga ta’sir ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Bosh byudjetni ishlab chiqish jarayonida avval barcha davriy byudjetlar, xususan, kapital xarajatlar byudjeti, kutilayotgan foyda va zarar to’g’risidagi byudjetlar va shu kabilar tuzilganidan so’ng pul mablag’lari byudjeti tuziladi.
Pul mablag’lari byudjeti (yoki kutilayotgan pul aylanmalari) bu kelgusi davrda bo’ladigan pul mablag’lari tushimi va to’lovlar rejasi bo’lib, bosh byudjetda ko’rsatilgan barcha kelgusi tadbirlar bilan bog’liq pul aylanmalarini o’z ichiga qamrab olgan. Umuman olganda, bu byudjet davr yakunidagi pul mablag’lari byudjetida kutilayotgan yakuniy saldo va byudjet tuzilayotgan yil har bir oyining moliyaviy holatini ko’rsatadi.
Ana shu byudjet ko’rsatkichlari asosida, rahbar, o’z xo’jalik yurituvchi subyekti uchun eng ko’p va eng kam pul mablag’lari davrlarini rejalashtirishi mumkin.
Pul mablag’lari hisobidagi qoldiqning kattaligi moliyaviy mablag’lar to’liq samara bilan ishlatilmaganligini bildiradi. Kichik qoldiq xo’jalik yurituvchi subyekt o’z vazifalari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishga qobil emasligini ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun, pul mablag’larini rejalashtirishni puxta ishlab chiqish lozim.
Pul mablag’lari byudjeti ikki maqsadni ko’zlaydi. Birinchidan, u kutilayotgan buxgalteriya balansini yakunlash uchun byudjet davri oxiriga pul mablag’lari hisob raqamidagi yakuniy qoldiqni ko’rsatadi. Ikkinchidan, byudjet davri ichida har bir oyning yakuniga byudjet mablag’lari qoldig’ining istiqbolini belgilab, moliyaviy resurslarning ortiqchaligini yoki etishmaydigan davrlarni aniqlaydi. Birinchi maqsad umumiy byudjetni tayyorlash jarayonida bu byudjetning o’rnini ko’rsatsa, ikkinchi maqsad umumiy byudjetni biznes faoliyatining barcha turlarida zarur bo’lgan moliyaviy mablag’larni boshqarish quroli sifatida e’tirof etadi. Boshqacha qilib aytganda, pul mablag’larisiz hech qanday biznes amalga oshmaydi.
Pul mablag’lari va to’lanishi lozim bo’lgan to’lovlarning boshqa manbalari ham mavjud.
Ko’rib o’tilgan misolda xo’jalik yurituvchi subyektning keyingi yil uchun pul mablag’larining asosini tovarlarni sotishdan tushgan tushum tashkil etmoqda. Aytish lozimki, sotuv vaqtida sotuvning 60 foizgacha bo’lgan hajmi darhol to’lash sharti bilan, sotuvning 2 foizdan esa tushum tushmaydi. Tovarlarni kredit hisobiga sotish hajmi 38 foizni tashkil etib, bu mablag’lar keyingi oyda olinishi mumkin. Bu kabi barcha ma’lumotlar sotuv byudjetidan olinadi.
Pul mablag’lari byudjetini tayyorlashda xo’jalik operatsiyalarining sodir bo’lishi vaqtida emas, balki moliyaviy hisobotni tuzishning muhim tamoyili bo’lgan amaldagi tushumlarning yoki pul mablag’lari to’lovining vaqtiga e’tibor qaratish lozim. Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt joriy holat to’g’risida oldingi tajribalar va rahbariyat qarorlari asosida kredit hisobiga sotuvdan kutilayotgan pul mablag’larining tushumi (foiz hisobida) aniqlanadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning moddiy boyliklar sotib olish, mehnatga haq to’lash va boshqa xarajatlarni qoplash bo’yicha to’lov siyosatini ham hisobga olish zarur. Masalan, turli xildagi tijorat xarajatlari kabi ayrim xarajatlarning to’lovi kredit hisobiga 30 va undan katta bo’lgan muddatga, ko’pgina hollarda mehnatga haq to’lash xarajatlari ma’lum sabablarga ko’ra uzoq muddatga cho’zilmasligi lozim. Shuningdek, xarajatlarning ayrim moddalari, masalan amortizatsiya pul mablag’larini talab qilmasligini hisobga olish kerak.
Pul mablag’lari byudjetining umumiy ko’rinishi va ma’lumotlar manbai.
Pul mablag’i byudjetining elementlari
Ma’lumotlar manbai
Pul mablag’lari tushumi: - naqd pulga sotishdan
Sotish byudjeti (naqdga)
- kreditga sotishdan
Sotish byudjeti (kreditga)
- boshqa aktivlar sotishdan
Foyda va zararlar to’g’risidagi prognoz hisobot
- olingan qarzlar
Oldingi oylarning pul mablag’lari byudjeti
Pul mablag’lari to’lovi: - asosiy materiallar uchun
Xarid byudjeti
- yordamchi materiallar uchun
Umumishlab chiqarish xarajatlari va materiallar xaridi byudjetlari
- to’g’ri mehnat xarajatlari
Ish haqi byudjeti
- umumishlab chiqarish xarajatlari
(UICHX)
UICHX byudjeti
- tijorat xarajatlariga
Tijorat xarajatlari byudjeti
- umumiy va ma’muriy xarajatlar uchun
Umumiy va ma’muriy xarajatlar byudjeti
- kapital xarajatlar uchun
Kapital xarajatlar byudjeti
- foyda solig’i to’lovi uchun
«Moliyaviy natijalar» to’g’risidagi hisobot
- foizlar bo’yicha to’lovlar uchun
Foyda va zararlar to’g’risidagi prognoz hisoboti
- qarzlarning qaytarilishiga
Kredit shartnomalari
5Sotish hajmini rejalashtirish muammolari
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning (bajarilayotgan ish, ko’rsatilayotgan xizmat) sotuv byudjetini tayyorlash bosh byudjetni ishlab chiqish jarayonining boshlang’ich bosqichidir. Sotuv hajmi va uning tovar tuzilishi xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining umumiy xarakterini va darajasini belgilaydi.
Barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarda sotuv byudjetini ishlab chiqish rejalashtirish jarayonining eng qiyin bosqichi hisoblanadi. Sotuv hajmi va shundan kelib chiqqan holda sotuvdan tushgan daromad nafaqat xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish imkoniyatlari, balki nazoratga olinmaydigan omillarning ta’siridagi real bozorda sotish imkoniyatlari bilan ham bog’liq. Sotuv byudjetini tuzishda e’tiborga olinishi lozim bo’lgan, lekin hisobga olinishida bemalol hisoblanishi mumkin bo’lgan omillar bilan bir qatorda, hisoblanishi mumkin bo’lmagan yoki alohida yondashuvni talab qiladigan omillar mavjud, Ulardan quyidagilarni alohida ko’rsatib o’tish mumkin:
bozorga shu xildagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan raqobatchilar faoliyati;
xo’jalik yurituvchi subyektning milliy va jahon bozordagi umumiy o’rni;
mahsulotlarni sotib oluvchi xaridorlar va xom ashyo hamda materiallarni yetkazib beruvchilarning muqimligi;
xo’jalik yurituvchi subyekt imidjini ko’tarishga hamda mahsulot sotishni ta’minlashga qaratilgan reklamaning samarasi;
davriy, mavsumiy va boshqa tebranishlar;
xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarilgan mahsulot bahosini shakllantirish (belgilash) siyosati;
sotilayotgan mahsulotning rentabellik darajasi.
Sotuv byudjeti asosidagi baholarni aniqlashning ikkita asosiy usuli mavjud:
Umumiqtisodiy shart-sharoitlar, bozor kon’yukturasi va ishlab chiqarish o’sishining egri chizig’ini matematik tahlil qilish asosida statistik istiqbolni belgilash.
Xo’jalik yurituvchi subyekt sotishni tashkil etish bo’limi boshqaruvchilari va xodimlarining fikrlarini yig’ish orqali olingan ekspert xulosasi. Ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlarda sotishni tashkil etish xodimlari tomonidan har bir mijozga sotilayotgan har bir mahsulot hisoblab chiqiladi. Boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarda esa, butun mintaqadagi umumiy sotuvlar hajmini mintaqaviy boshqaruvchilar tomonidan hisoblanadi.
Bu usullarning har biri o’z ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Amaliyotning ko’rsatishicha, ko’pgina yirik xo’jalik yurituvchi subyektlar bu usullarning ikkalasidan ham mos ravishda foydalanishadi. Ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlar regressiv tahlil, mahsulot chiqarish xarajatlari va ekonometrik modellar kabi qiyin uslublardan foydalanish istiqbolni to’g’ri belgilashda qo’l kelmaydi degan nuqtai-nazarga egalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
«O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonun. – T., 15.02. 1991.
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 2000 йил, 5-6 – son.