Ekologik vaqt omili: .Tabiatdagi barcha tirik organizmlar mahlum muhit sharoitlarida hayot kechiradilar. Tashqi muhit bilan jonli organizmlar o’rtasida doimiy ravishda modda almashinuvi sodir bo’lib turadi, bu esa organizmlarning hayotiy faoliyatini saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Jonli tabiatning fundamental xususiyatlaridan biri, undagi hayotiy jarayonlarning davriyligi bilan tavsiflanadi. Yerdagi barcha hayotiy jarayonlar hujayradan tortib biosferagacha mahlum ritmga bo’ysunadi. Tabiatdagi biologik ritmlar barcha jonli organizmlar uchun ichki (o’zining hayotiy faoliyatlari bilan bog’liq bo’lgan) va tashqi xususiyatlarga bo’linadi. Organizmlarda sodir bo’ladigan biologik ritmlar mahlum bir omillar Tahsirida vujudga keladi. SHuning uchun ham biz ana shu omillar ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Ichki davriylik. Bu organizmlarda sodir bo’ladigan o’zgarishlardir. Tirik organizmlarda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar uzluksiz davom etmaydi.
Tashqi (ekzogen) ritmlar. Tabiatda doimiy ravishda takrorlanib turadigan ana shunday muhim o’zgarishlar jumlasiga, avvalo, Yerning quyosh atrofida, oyning esa yer va o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida kelib chiqadigan mavsumiy hamda sutkalik davriylik kiradi.
Erning o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida sayyoramizdagi ekologik omillar — harorat, bosim, namlik, yorug’lik rejimi, havo, atmosferadagi elektromagnit maydoni, okeanlarning toshishi va qaytishi qonuniy ravishda o’zgaradi, Bundan tashqari jonli tabiatga koinotdagi ritmlar, yahni quyosh faolligining davriy o’zgarishlari ham tahsir ko’rsatadi
O`simlik va xayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar: