Ekologik vaqt omili Tashqi (ekzogen) ritmlar O`simlik va xayvonlardagi sutkalik maromlar



Yüklə 23,59 Kb.
səhifə3/6
tarix12.05.2023
ölçüsü23,59 Kb.
#112354
1   2   3   4   5   6
Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari

Yillik ritmlar. Yillik ritmlar tirik organizmlardagi eng universal ritmlar hisoblanadi. Yil davomida qonuniy ravishda fizik sharoitlarning o’zgarishi turlar evolyuiiyasida bir qator moslanishlarni hosil qilgan. Masalan, turning ko’payishi va o’sishi, yilning eng noqulay vaqtlarida yashashga moslashishi hamda qo’chishi (migraiiya) bilan bog’liqdir. Qiska hayotiy tsikllarga ega bo’lgan turlarda yillik ritmlar bir qancha avlodlarda (masalan, dafniya tsiklomorfozida) kuzatiladi.
Fasllar bo’yicha o’zgaruvchanlik organizmlarning fiziologik holatida va xulq-atvorida chuqur o’zgarishlar sodish bo’lishiga sababchi bo’ladi, xuddi shuningdek, ularning hayotiy tsikllarida va morfologik tuzilishlarida katta siljishlarning hosil bo’lishiga olib keladi. Barcha jonli organizmlarda, bunday o’zgarishlarga moslanish xususiyatlari mavjud. Ana shunday moslanishlar tufayli turlar hayotining eng muhim davrlari — nasl qoldirish yilning eng qulai davriga, yilning eng noqulay paytlari esa bu turlarning juda baquvvat davriga to’g’ri keladi.
Tashqi muhit qancha tez o’zgarsa, tirik organizmlar hayotiy faoliyatining yillik davriyligi shunchalik kuchli bo’ladi. Masalan, kuzda o’simliklar bargining to’kilishi, zaxira yog’larning hosil qilinishi, ko’chish (migraiiya) va hokazolar. Bunday davriylik faqatgina iqlim sharoitlari mo’htadil va sovuq bo’lgan mamlakatlar uchun xosdir. Tropik zonalarda yashaydigan o’simliklar va hayvonot dunyosining hayotiy faoliyatlarida yillik davriylik juda ham yaxshi aks etgan.
Ko’pchilik turlar ichki yillik ritm (tsirkan)larga egadir. Bu ayniqsa ko’payish tsikllariga taalluqlidir. SHunday qilib, janubiy yarim sharda yashaydigan hayvonlar shimoldagi hayvonot bog’larida saqlanganida, asosan kuzda yoki qishda ko’payadilar. Bu vaqt ularning vatanida bahorga yoki yozga to’g’ri keladi. Avstraliyadan olib kelingan tuyaqushlar Askaniya Nova qo’riqxonasida tuxumini qishda qorga qo’ygan. Yana shu mamlakatdan keltirilgan Dingo nomli it dekabrg’ oyida tug’gan, bu oy uning vatanida bahor faslining oxiriga to’g’ri keladi . SHuning uchun ham turlarni iqlimlashtirishda va moslashtirishda (akklimatizatsiya) organizmlarning yillik shakkllari bilan hisoblashish kerak

Yüklə 23,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin