Xotira – shaxsiy tajribaning to‘planib borishi, esda saqlab qolinishi va qayta hosil qilinishi-dan iborat. Xotira markaziy nerv sitemasida sodir bo‘ladigan xilma-xil va murakkab jarayonlar bilan bog‘liq. O‘rganish xotira orqali amalga oshadi.
XOTIRA TURLARI
Odamning nimani eslab qolishiga ko‘ra xotira 4 xil
Og‘zaki xotira
Emotsional xotira
Obrazli xotira
Harakat xotirasi
HARAKAT XOTIRASI
Turli harakatlar orqali: yozish, sport mashqlarini bajarish, raqsga tushish, transport vositalarini boshqarish
Harakat xotirasi b.m.k.y.sh.p. tepa qismi bilan bog‘liq
OBRAZLI XOTIRA
Odamlar qiyofasi tabiat ko‘rinishlari, musiqa ohangi, narsalar hidini eslash. Obrazli xotira artistlar musavvirlar, yozuvchilar, bastakorlarda kuchli.
Obrazli xotira b.m.k.y.sh.p. chakka va ensa qismlaridagi eshitish va ko‘rish markazlari bilan bog‘liq.
EMOTSIONAL XOTIRA
Odamning boshidan o‘tkazgan his-tuyg‘ularini esda saqlab qolish.
Bu hissiy qo‘zg‘alish ajralib chiqadigan gormonlar bilan bog‘liq.
OG‘ZAKI XOTIRA
O‘qigan va eshitgan so‘zlarni eslab qolishdan iborat.
Ixtiyoriy xotira odamning muayyan narsa va hodisalarni eslab qolishini maxsus metodlardan foydalanib urinishi bilan bog‘liq.
Ixtiyorsiz xotira odamning xohishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Kuchli taassurot qoldiradigan, odam uchun muhim bo‘lgan narsalar va hodisalar eslab qolinadi.
IXTIYORIY VA IXTIYORSIZ XOTIRA
Xotira 25 yoshlarda eng yaxshi rivojlangan bo‘ladi, 50 yoshgacha yaxshi saqlanadi. Kasbiy xotira uzoq vaqt saqlanib qoladi.
XOTIRANING FIZIOLOGIK TABIATI
Sezgi organlarining markazlari xotira markazlari hamdir. Sezgi organlarining markazlari zararlanganida xotiraning o‘sha turi buziladi. Masalan, b.m.k.y.sh.p. ensa qismi zararlanganida obrazli xotira izdan chiqadi.
XOTIRANING FIZIOLOGIK TABIATI
Axborot xotirada saqlanib qolishi uchun uni bir necha marta takrorlash lozim. Matematik, fizik, kimyoviy formulalar va qonuniyatlarni xotirada mustahkamlab olamiz.
Ta’sir izining saqlanish muddatiga binoan xotira qisqa va uzoq muddatli bo‘ladi.Bitta narsani qayta-qayta takrorlash, reja, sxema va jadvallardan foydalanish, laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajarish esda saqlab qolishga yordam beradi.