Nazorat qilishda - boshqarishni obdon puxta o'ylangan tizimini ishlab chiqish, o'tmishni mas'uliyat bilan tahlil etish - kelajak yo'lini talab borishini, o'tkir muammolarni tortinchoqlik bilan emas, balki ro'yi-rost ochib tashlash kerakligi uqtiriladi.
-«Eskicha yondashish, eskicha fikr yuritish zamonini bizlar unutishimiz lozim».
-«Bir haqiqatni hammamiz yaxshi anglab olishimiz zarur»
-«Yakdillik, iymon va insof, so'z va ish birligi insonparvarlik- biz qurayotgan jamiyatimizning tamal toshlaridan biridir» - deb uqtiradi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «O'zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlari» asarida (1992-yil).
Bu vazifalarni to'g'ri, o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarni nazorat qilishning ahamiyati beqiyosdir
Nazorat uchun savollar Metodika kabineti ishining mazmuni va asosiy shakllari nimalardan iborat?
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi qanday?
Maktabgacha ta’limga uslubiy rahbarlik ishining tashkiliy tuzilishi va vazifalari nimalardan iborat?
Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlarining huquqlari va javobgarligi qanday?
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari qanday faoliyat olib boradi?
AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU:IJTIMOIY MAKTABGACHA TA’LIMNI TASHKIL ETISH VAZIFALARI. MUSTAQILLIK YILLARIDA MAKATGACHA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH TAMOILLARI VA ASOSIY YO’NALISHLARI.
O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan barcha maktabgacha ta’lim muassasalari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) “Ilk qadam” o’quv dasturi asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida:
-davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
-maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat muassasalari;
-maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
-maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida - ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydir.
Davlat o'quv dasturi VII bobdan iborat bo'lib, I bobda MTT davlat o'quv dasturini qo'llash va MTTning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o'quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim tashkiloti Davlat o'quv dasturi asosida o'zining MTT ishchi o'quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'lim tashkilotining ishchi o'quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.