Ilmiy-metodik kengashning vazifalari: - Institut, uning kafedralari va bo'limlari rejalari va hisobotlarini ko'rib chiqish, Institut faoliyatini takomillashtirish bo'yicha o'quv ish rejalari va kurslar dasturlarini, tavsiyalarni muhokama qilish;
- Institut ilmiy-metodik va tashkiliy ishlarining asosiy yo'nalishlarini ta'minlash va belgilash, samarali qayta tayyorlash va malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirish
- qayta tayyorlash va malaka oshirishning davlat talablari, o'quv rejalari va dasturlar bajarilishini ko'rib chiqish;
- Institut kafedralari va bo'limlarini ochish, ularning faoliyatini o'zgartirish va tugatish bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqish;
- Institut doktorantlari va izlanuvchilari bilan menejment (ta'limni boshqarish) bo'yicha ilmiy faoliyat olib borish;
- darsliklar, o'quv qo'llanmalari, ilmiy, o'quv-metodik adabiyotlarni e'lon qilish masalalarini ko'rib chiqish;
- Institutni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli rejalarini tasdiqlash.
Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo’limlarining vazifalari va funksiyalari Quyidagilar maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
-Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;
-kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlar faoliyatini tashkil etish sohasida o'zaro hamkorlik qilish;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlarda maktabgacha ta'lim sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarda o'quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
-maxsus maktabgacha ta'lim tashkilotlarda bolalarni reabilitatsiya qilish va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash;
-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarni qo'llab- quvvatlash va maktabgacha ta'lim tashkilotlarda bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish;
-tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
-maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;
-idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;
-maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarni qo'llab- quwatlaydi va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
-tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta'lim tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlarda sog'lom ovqatlanishni tashkil etadi;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlarda davlat talablari bajarilishi monitoringini olib boradi;
-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarni moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi;
-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarning binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
-jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
-maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari vakolatiga tegishli bo'lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish- xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qaror qabul qiladi.