Maktabgacha ta’limga uslubiy rahbarlik ishining tashkiliy tuzilishi va vazifalari Maktabgacha ta'lim tashkilotlar rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlar rahbarlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etadi, maktabgacha ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarida uzluksiz metodik xizmat ko'rsatadi.
Institutning rasmiy nomi:
a) davlat tilida: to'liq nomi - Maktabgacha ta'lim tashkilotlar rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, qisqartmasi - MTMRMQTMOI;
b) rus tilida: to'liq nomi - Institut perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii rukovoditeley i spetsialistov doshkolnix obrazovatelnix uchrejdeniy, qisqartmasi - IPPKRSDOU;
v) ingliz tilida: to'liq nomi - Institute for Retraining and Advanced Training of Preschool Education Personnel and manager, qisqartmasi - IRATPEPM.
Institut o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalaririing qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, o'z Ustaviga amal qiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlar rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ustavi. - Tv 2017.
Institut davlat tashkiloti shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Institut ta'lim tashkiloti sifatida maktabgacha ta'lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, ushbu yo'nalishda o'quv, ilmiy- metodik, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi.
Institutning asosiy vazifalari - Maktabgacha ta'lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma'naviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta'lim tizimini metodik ta'minlash, ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
- O'quv-tarbiya jarayoniga, xususan, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlar amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o'qitish va tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
- Maktabgacha ta'limning milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi o'quv-metodik, didaktik materiallari, badiiy adabiyotlari sifati va mazmunini yanada boyitish, o'yin va o'yinchoqlar sonini ko'paytirish;
- Maktabgacha ta'lim tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirish bo'yicha metodik ishlarni tashkil etish;
- O'quv-tarbiyaviy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va nazorat qilish bo'yicha rahbarlar va mutaxassislar ko'nikmalarini mustahkamlash va maktabgacha ta'lim sifatini baholash;
- Xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar o'tkazish orqali maktagacha ta'lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan shunga o'xshash xalqaro maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- Xorijiy maktabgacha ta'limtashkilotlariningo'qituvchilarini jalb qilgan holda malaka oshirish va ilg'or tajribani almashish uchun qisqa muddatli seminarlar tashkil etish.